Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» Davlat dasturi ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Davlat dasturi ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

24 июль 2024 йил
108
0

Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev ishtirokida tumanda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturi asosida amalga oshirilgan vazifalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar, soha vakillari hamda faollar ishtirok etishdi.

Dastlab tuman hokimi yigʻilganlarga mavzu yuzasidan maʼlumot berdi.

Ta'kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.

Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Yangiobod tuman hokimining 2024-yil 25-martdagi 55-3-54-Q/24-sonli qarori bilan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid tuman dasturi tasdiqlanib ijroga qaratildi.

Tuman dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan Iqtisodiy sohada оilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Individual dasturlar” doirasida kambag‘allik darajasini 2024-yil 6 oy yakuni  bilan 12,0 foizga kamaytirildi:

Bunda kambag‘al oilalar a’zolarining:

320 nafarini doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi;

54 nafariga imtiyozli kredit va subsidiya ajratildi;

 74 nafarini kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi;

Bandlik organlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va natijadorligini oshirish orqali 263 nafar aholini mehnat faoliyatiga jalb qilindi.

Ish bilan band bo‘lmagan kamida 320 nafar, shu jumladan, 24 nafar ishsiz xotin-qizlar hamda 50 nafar ishsiz yoshlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi.

Kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor va “usta-shogird” maktablari ulushini 20 foizga yetkazildi.

2024-yilning 6 oylik yakuniga ko‘ra;

Sanoat mahsulotlari o‘sishini -  9,9 foiz, bozor xizmatlari - 12,2 foiz, qishloq xo‘jaligi – 3,0 foiz, qurilish - 33,1 foiz darajasida ta’minlandi.

Inflyatsiya darajasi 9 foiz atrofida bo‘lishini ta’minlash maqsadida pul-kredit sharoitlarini 2024-yilda ham nisbatan qat’iy fazada saqlab qolish, asosiy turdagi tovar va xizmatlar narxlarini hududlar bo‘yicha kuzatib borish, ularga ta’sir ko‘rsatgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Tadbirkorlik subyektlariga 17 ta quyosh panelini o‘rnatish rejasi amalda 21 ta (123,5 foiz)ga bajarildi. Quvvati 300 kVt quyosh panellari rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 90 kVt (27,6 foiz)ga bajarilgan. Aholi xonadonlariga 61 ta quyosh paneli o‘rnatish rejasi amalda 60 ta (98,4 foiz)ga bajarildi. Quvvati 300 kVt  quyosh panellari rejalashtirilgan bo‘lib amalda 230 kVt (70,9 foiz) ga bajarilgan.

Xizmat ko‘rsatish sohasida Yangiobod tumanida 46 ta savdo servis obyekti tashkil etildi. Yangi xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun 2024-yil 6 oy yakunida 44 ta yer (lot) maydonlarni auksion savdolarga chiqarildi.

Qurilish ta’mirlash ishlari bo‘yicha Joriy yilning 6 oyi mobaynida Yangiobod tumani hududidagi 15.9 km ichki yo‘llarda 242.7 mln so‘m mablag‘lar evaziga shag‘allashtirish ishlari olib borildi.

Iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida joriy yilning 6 oyida  mukammal tamirlash rejasiga ko‘ra 51,1 km 10-0,4 kVt havo tarmoqlari, 14 dona 10/0,4 kVt li  transformator punklari hamda joriy ta’mirlash rejasiga ko‘ra 79,6 km 10-0,4 kVt li havo tarmoqlari, 23 dona 10/0,4 kVt li transformator punktlari mukammal hamda joriy ta’mirlandi.

Elektr energiyasida bo‘layotgan quvvat yetishmasligi sababini to‘g‘irlash maqsadida NS-3 markaziy podstansiyada 10000 kVA quvvatli transformator quvvati 16000 kVA bo‘lgan transformatorga almashtirildi.

Simyog‘ochlarni yaroqsizligi sababli jami tuman bo‘yicha 140 dona yaroqsiz ustunlar almashtirib berildi.

Bundan tashqari iste’molchilarga sifatli va to‘liq elektr energiyasi yetkazib berish hamda elektr tarmog‘idagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida, 10 kVt havo tarmog‘ida bo‘shagan 10,6 km simlar tortildi, 38 ta qiyshaygan ustunlar to‘g‘irlandi, 57,2 km masofada simlarga yaqinlashgan daraxt shoxlari kesildi va 42 ta bo‘shagan vyazkalar qayta bog‘landi.

Joriy yilning 6 oyi mobaynida tumanda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha Balandchaqir MFY Bogishamol ko‘chasida 2,1 km masofada 0,4 kv tarmoq tortildi, Havotog‘ QFY Changovul qishlog‘iga 2,6 km masofada 0.4 kVt havo tarmog‘i yangilash rejasi 100 % to‘liq bajarildi.

Mahalliy ahamiyatdagi 4K-254 “Pastkichaqir-Balandchaqir-Xo‘jamushkent” avtomobil yo‘lining 4.5 km qismidan 13 km qismigacha bo‘lgan masofada piyodalar yo‘lagi qurildi.

Umumiy foydalanuvdagi xalqaro, davlat, mahalliy avtomobil yo‘llarida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 25 dona yo‘l belgilari o‘rnatildi.

Yanvar-iyun oylarida tumandagi Xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarda 62746,542 ming so‘mlik saqlash, 1250,0 ming so‘mlik qishki qarov, 19152,0 ming so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari, davlat yo‘llarida 276239,344 ming so‘mlik saqlash, 25000,0 ming so‘mlik qishki qarov, 153217,0 ming so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari, mahalliy yo‘llarda 235931,285 ming so‘mlik saqlash, 17500,0 ming so‘mlik qishki qarov, 276093,0 ming so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Tuman yo‘llardan foydalanish davlat myassasasi tomonidan jami 1078379,170 ming so‘mlik joriy ta’mirlash, qishki qarov hamda saqlash ishlari amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan e’lon qilingan  mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning bahor mavsumida tuman hududida 789.78 ming dona (118.6%) manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi tashkil etildi.

2024-yilning kuz mavsumida tumanning barcha hududlarida jami 331 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqildi.

Xo‘jamushkent davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida pista ko‘chatlarini ekish hisobiga tumanda o‘rmon bilan qoplangan maydonlar 791.25 gektarga yetkazildi.

Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish yuzasidan, hududlarda qamrab olinmagan mahallalarni xatlovdan o‘tkazilib, 1dona  qo‘shimcha maxsus texnika vositasi xarid qilinib qamrov 85% ga yetkazildi.

Hududiy investitsiya dasturi doirasida Yangiobod tumanida 2024-yil yanvar-iyul oylarida jami qiymati 6 200 mln so‘mlik 8 ta loyiha doirasida 63 ta ish o‘rinlari yaratilgan.

2024-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi bo‘yicha tumanda yanvar-iyul oylarida jami 400 ming dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lib, amalda  6,7 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi.

Tumanda 2024-yil yanvar-iyul oylarida jami 2 805,9 ming dollar eksport prognozi qo‘yilgan bo'lib, shundan (sanoat 1505,6 ming dollar, meva-sabzavot 1300,3 ming dollar) amalda 982,3 ming dollar eksport amalga oshirilgan yani reja 35,0% ga (sanoat 452,5 ming dollar 30,1% ga, meva-sabzavot 529,8 ming dollar 40,7% ga) bajarilgan.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha Tumanda 2024-yil hosili uchun ekilgan asosiy maydonlardagi 100 gektar boshoqli don mahsulotlarini hosildorligini 80-100 sentnerga yetkazish uchun fermer xo‘jaliklari tomonidan 500 tonna mahalliy o‘g‘itlar, hamda o‘rtacha har  gektariga  550-600 kilogrammdan kimyoviy o‘g‘itlash ishlari amalga oshirildi. Hozirgi kunda Balandchaqirsoy SIU hududida joylashgan don qabul qilish shaxobchasiga rejadagi 200 tonna boshoqli don mahsulotlari fermer xo‘jaliklari tomonidan yuqori hosildorlikka erishilib topshirildi. Tumandagi Xo‘jamushkentsoy SIU va Balandchaqirsoy SIU hududidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan ekilgan yangi navdagi tezpishar va serhosil  boshoqli don ekinlari ekilib, 75-80 sentnergacha yuqori hosildorlikka erishildi.

Chorvachilikda o‘sish sur’atini o‘rtacha 3,8 foizga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqildi. Bunda, qoramollar bosh sonini 777 (100%) boshga, qo‘y-echkilar bosh sonini 9911 (100%) boshga, go‘sht ishlab chiqarishni 58 (100%) tonnaga (tirik vaznda), sut 75 (100%) tonnaga, tuxum ishlab chiqarish 58 ming (101%) donaga bajarildi. Naslli va zoti yaxshilangan mahalliy qoramollar ulushini 15 foizga yetkazish masalasida 3038 bosh sigir va 2 yoshdan katta urg‘ochi tanalar sun’iy urug‘lantirildi, 2 ta chorvachilik subyektini naslchilik toifasiga o‘tkazish orqali naslchilik xo‘jaliklari sonini 3 taga yetkazish 4-kvartal bilan bajariladi.

Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va boshqa korxonalar tomonidan zamonaviy  qishloq xo‘jaligi texnikalariga bo‘lgan talab ortib borayotganligi tufayli texnika ta’minoti past bo‘lgan chorvachilik, sabzavot va polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishlaridagi fermer va boshqa korxonalar tomonidan lizing asosida boshlang‘ich to‘lovni 10% miqdorida to‘lab, 10 yil muddatga xarid qilishmoqda. Buning natijasida fermer xo‘jaliklariga juda katta qulayliklar keltirmoqda.

Tumanda 2024-yil iyun oyida qishloq xo‘jaligida xavfli pestitsidlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha JSST va Pestitsidlarga qarshi kurashish xalqaro tashkilot (RAN) tomonidan o‘ta va yuqori darajada xavfli deb topilgan pestitsidlarning o‘rniga muqobil vositalar qo‘llanildi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini ruxsat etiladigan kimyoviy vositalar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi sifatida e’tirof etish, ro‘yxatni ko‘rsatib o‘tilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda shakllantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini oshirish bo‘yicha “in-vitro” usulida sertifikatlangan ko‘chatlarni ko‘paytirish va meva-uzum yetishtiruvchilarga yetkazib berish, sabzavot mahsulotlarini intensiv usulda yetishtirish ko‘lamini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda sabzavotdan gektariga o‘rtacha 350-450 sentner hosil olish ta’minlandi.

Mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha dehqon va fermer xo‘jaliklari, biolaboratoriya va o‘simliklar klinikalari mutaxassislari, aholi tomorqa-yer egalariga meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda zararkunandalarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.

Tuman hududlarida katta iqtisodiy zarar keltirishi xavfi bo‘lgan zararkunandalar bo‘yicha feromonitoring yuritildi.

Tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘yilgan eksport talablari bo‘yicha seminar, davra suhbatlarini tashkil etib borildi.

Tuproqni himoyalovchi agrotexnologiyalardan foydalanilishi, yer ustki qismini doimo qoplama bilan qoplanishi, tuproq ifloslanishi hamda mikroflorasi yo‘qolishining oldini olish monitoringini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan yer ustki qismini doimo qoplama bilan qoplash hamda tuproq himoyalanishining kuzatuvi olib borildi.

Qishloq xo‘jaligi yerlari dala chetlariga ekin ekilishi hamda ko‘p yillik daraxtlar o‘tkazilishini ta’minlandi.

Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi hamda uning mikroflorasi yo‘qolishining oldini olish bo‘yicha yerdan foydalanuvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qaroriga asosan, Yangiobod tumani suv yetkazib berish xizmati Davlat Muassasasi tashkil etildi. Tumandagi jami 41 ta qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlari bilan suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, shuningdek, barcha QFY va MFYlar bilan aholi tomorqasiga yetkazilgan suv uchun shartnomalar  va olingan suv bo‘yicha dalolatnomalar oyma-oy tuzib berilmoqda. Suv iste’molchilariga suv manbalarini suv hisoblagichlar bilan jihozlash bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi. Joriy yilning iyun oyida jami 1067856 ming m3 ga dalolatnomalar tuzilib, tuman DSI ga topshirildi.

Xo‘jamushkentsoy SIU hududida 380 gektar ekin yer maydoniga, Balandchaqirsoy SIU hududida 580 gektar ekin yer maydoniga, Qo‘shqand bulog‘i SIU hududida 100 gektar ekin maydoniga, jami 22 ta fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 1060 gektar ekin maydoniga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilindi.

Tumandagi mavjud yaylovlar holatini xatlovdan o‘tkazish va ularning holatini yaxshilash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Tumandagi Degradatsiyaga uchragan 6 gektar yaylov maydonlarining holatini yaxshilash yuzasidan choralari ko‘rilmoqda.

Yangiobod tumanida 2024-yilda bahor va kuz mavsumida jami 590 gektar dorivor (kavrak) o‘simligi ekish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda Xo‘jamushkentsoy SIU hududidagi “ABI Yangiobod” MCHJ tomonidan bahor mavsumida 290 gektar maydonga kavrak o‘simliklari to‘liq ekildi hamda Sarmich saxovati SIU hududida joylashgan “INTROMAX GROUP” MCHJ tomonidan 300 gektar maydonga kavrak o‘simliklari to‘liq ekildi. Tumanda ekilgan kavrak o‘simliklarini kelgusida dorivor o‘simliklari plantatsiyasi tashkil qilish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Ijtimoiy yo‘nalishda O‘zbekiston-2030 strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan Yangiobod ShFYda faoliyat yuritayotgan Qo‘ldosheva Mohira YATTga qarashli “Ko‘zmunchoq” va “Hilolabonu” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti sig‘imini 25-o‘rindan 50-o‘ringa o‘tkazildi. “Mohir bolajon” DXSH asosidagi NTM sig‘imini 100-o‘rindan 125-o‘ringa  o‘tkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bitim xulosasi olindi.

Yangiobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2024-yil 01-iyul holatiga qamrov ko‘rsatkichi 90% ga yetkazildi.

Tumanda jami 3-6 yoshli bolalar 2578 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim  bo‘limi tasarrufida jami  26 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, 10 ta davlat, 13 ta oilaviy va 3 ta davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Yangiobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi qoshida 19 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat olib bormoqda. Ushbu ta’lim muassasalarida jami 582 nafar pedagoglar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda.

O‘quvchilarga ikkinchi xorijiy til hamda zamonaviy kasblarga o‘rgatish 2 ta umumta’lim maktabida joriy etilgan bo‘lib bular, 12-umumta’lim maktabida qizlar uchun milliy taomlar oshpazi, o‘g‘il bolalar uchun dasturchi, 2-xorijiy (ingliz, fransuz) tilini o‘rgatish joriy qilingan hamda 125 000 000 (bir yuz yigirma besh million) so‘m miqdorda jihoz va xom-ashyolar uchun mablag‘lar to‘langan. 1-umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilarining o‘g‘il bolalar uchun milliy taomlar oshpazi, qiz bolalar uchun tikuvchilik kasbini, 2-xorijiy (ingliz, fransuz) tilini o‘rgatish joriy qilingan hamda 58 000 000 (ellik sakkiz million) so‘m miqdorda jihoz va xom-ashyolar uchun mablag‘lar to‘langan.

Umumta’lim maktablariga har oyning birinchi va uchinchi haftasining payshanba kunlari maktablarga chiqib maktablarning moddiy texnik bazasi o‘rganildi. Internet, lokal tarmoq va kompyuterlarning texnik holatlatlari bo‘yicha 2-maktabda internet JIPON bilan almashtirildi, 8-17-maktablarning ikkinchi binosiga asosiy binodan 100 metr aloqa kabeli tortildi hamda Wi-Fi moslamasi qo‘yildi, 1-maktabning sport zaliga olimpiadalar uchun 100 metr aloqa kabeli o‘rnatildi.

I-chorak davomida barcha umumta’lim maktablarga o’rnatilgan Wi-Fi va mikrotik qurilmalari ishlashi ko‘zdan kechirildi va qurilmalarni o‘rnatilgan joydan o‘zboshimchalik bilan olib qo‘yish holatlari oldi olindi va doimiy xatlovdan o‘tkazildi.

Ta’lim muassasalari “Milliy ta’lim resurslari” va elektron ta’lim kontentlarni o‘quvchi va o‘qituvchilar orasida keng joriy qilish bo‘yicha tushunchalar berildi va har bir kompyuter sinf xonasida ta’limga oid saytlar ro‘yxati shakllantirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–5132-son qarori bilan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha bo‘lim tomonidan barcha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida tuman Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda 2 marotaba  “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Bugungi kunda tumandagi barcha ta’lim muassasalarida “edo.ijro.uz” yagona elektron hujjatlar almashish tizimi  “Unicon SOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyati Jizzax viloyat filiali bilan shartnoma tuzish orqali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,   ijro intizomini mustahkamlash, sohaga yagona elektron hujjatlar almashish amaliyotini joriy etishda muhimligi, qog‘ozbozlik va byurokratiyadan voz kechish, vaqtdan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.

2024-yilning 31-mart kuni tumandagi umumta’lim maktablarining “Yosh chegarachi” jamoalari o‘rtasida tuman birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada jamoalar Nizomda ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi. Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan ushbu musobaqada yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni 13-umumta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi g‘olib bo‘ldi. 25-aprel kuni o‘tkazilgan viloyat bosqichida ham birinchilikni qo‘lga kiritgan “Qalqon” jamoasi respublika bosqichiga yo‘l oldi. 17-maydan boshlab uch kun davom etgan  “Yosh chegarachilar – 2024” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida tumanimizning “Qalqon” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda “Zukko kitobxon”, “Xalq bilan armiya-bir tanu bir jon!”, “Uch avlod uchrashuvi”,  “Zakovat”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “QVZ”, “Yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish” kabi bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Band bo‘lmagan yoshlarni bandligiga ko‘maklashish yuzasidan 50 nafar ishsiz yoshlar tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi, kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor va “usta-shogird” maktablari ulushini 30 foizga yetkazish choralarini ko‘rilmoqda.

Tumanda 87 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash borasida bir qator ishlar olib borilmoqda va hozirgi kunga kelib 80 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi. Qolgan 7 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar ko‘rsatish, jumladan, subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordam ajratish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar ajratib kelinmoqda. Hozirgi kunda loyiha doirasida 11 nafar yoshlarga 16 010 000 so‘m mablag‘ ajratildi.

“Zakovat”, “Shaxmat”, “Munozara” va boshqa shu kabi intellektual o‘yinlarga yoshlarni jalb qilish orqali mahalla bosqichlarida jami 245 nafar yoshlarning ishtiroki ta’minlangan. Chet tillarini ommalashtirishga ko‘maklashuvchi “Ibrat farzandlari” loyihasini rivojlantirish orqali 37 nafar yoshlarning sertifikat olishiga erishildi. Yangicha yondashuv asosida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Mutolaa” loyihasi foydalanuvchilar soni 1395 nafarni, o‘qilayotgan kitoblar soni esa 1689 tani tashkil etadi.

Mahallalarda vatanparvarlik, xalq birdamligi, Vatanga muhabbat tuyg‘usini oshirishga qaratilgan 11 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, ushbu tadbirlarga 725 nafar yoshlar qamrab olindi.

Yoshlarning bilim olishga va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Kitob-ko‘ngil bulog‘i” tanlovi har bir mahallada o‘tkazib kelinmoqda.

Davlat organlari rahbarlari va yoshlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida, har oyda 2 marotabadan “Rahbar va yosh xodimlar”, “Deputat va yoshlar”, “Tadbirkorlar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.

Yangiobod  tumanida jami 2718 nafar (760 nafari qizlar) yoshlar sport toʻgaraklariga jalb etilgan. Sport maktabida jami 638 nafar bolalar (shundan 180 nafari qizlar) sport turlari bilan muntazam shugʻullanib kelishmoqda. Sport maktabi 16 ta sport turlari bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Sport turlarini 11 ta olimpiya, 2 ta milliy va 3 ta boshqa sport turlari tashkil etadi. Sport maktabi shugʻullanuvchilari 58 ta guruh shundan, 43 ta BTG, 15 UMG guruhlarda muntazam sport turlari bilan shugʻullanib kelishmoqda.

Sport maktabida hozirgi kunda 24 nafar trenerlar faoliyat olib bormoqda. Bulardan 16 nafari oliy, 4 nafari to‘liqsiz oliy ma’lumotga ega. 2024-2025-o‘quv yilida 2 nafar Jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari bilan sport maktabiga ishga qabul qilish uchun shartnoma tuzilgan. Sport maktabida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini oshirish maqsadida reja asosida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malakasi oshirib kelinmoqda.

Mahallalar va ta’lim muassasalarida ommaviy sport musobaqalari qamrovini oshirish maqsadida o‘quvchi va yoshlar o‘rtasida tuman chempionati, rahbar kubogi va ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda. 2024-yil aprel-may oylarida 7-12 yoshlilar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazildi va bunda 3900 nafar  ishtirokchilar  qatnashdi.

Aholini sport turlariga jalb qilish orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini 32 foizdan 36 foizga yetkazish maqsadida, joriy yilning 6 oyi davomida 96 ta sport musobaqalari va ommaviy sport tadbirlari o‘tkazildi, ushbu musobaqa va tadbirlarda 5600 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Olis va chekka hududdagi mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sport maydonchalarini bosqichma-bosqich barpo etish hamda bu orqali aholining sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Sport maktabi hududida 24x42 o‘lchamdagi usti yopiq sun’iy qoplamali mini futbol maydoni, Shodlik MFYdagi 2-maktab  va Do‘stlik  MFYdagi 8-maktablarda 20x40 o‘lchamdagi usti yopiq sun’iy qoplamali mini futbol maydoni qurilib foydalanishga topshirildi.

Sportning milliy turlari, xususan milliy kurash va belbog‘li kurash turlarini aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish maqsadida 2024-yil 1-aprel kuni kurash bo‘yicha tumanimizdagi 18-30 yosh toifasidagi (60, 66, 73, 81, 90 kg vazn toifalarida) barcha yoshlar o‘rtasida “Tuman prokurori kubogi” o‘tkazildi. Ushbu musobaqada 120 nafardan ortiq kurashchilar ishtirok etdi. Musobaqa IKA qoidalari asosida o‘tkazilib, bevosita Jizzax viloyat Kurash federatsiyasi tasdiqlagan hakamlar tomonidan baholandi. Milliy kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktab, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda sport maktabi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida musobaqalar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolarini o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarda ishtirokini ta’minlash maqsadida, 2024-yil 4-7-fevral kunlari sportning Taekvando WT turi bo‘yicha  Birlashgan Arab Amirligining Fujayrah shahrida o‘tkazilgan “11-FUJAIRAN OPEN INTERNATIONAL TAEKWANDO-DO” xalqaro musobaqada Sport maktabi tarbiyalanuvchisi Zikirov Otabek 3-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston chempionatida 2024-yilning 6 oyi davomida sportning Taekvando WT turi bo‘yicha 2 ta oltin, 1 ta kumush medallari qo‘lga kiritildi. Yangiobod tumanidan ilk bor  Zabelinskaya Olga Sergeyevna sportning Velosport turi bo‘yicha Parij-2024 litsenziyani qo‘lga kiritdi.

2024-yil 6 oyi davomida tuman sport maktabidan olimpiada sport turlari bo‘yicha respublika, osiyo hamda yirik xalqaro chempionatlarda jami 36 nafar sportchilarimiz ishtirok etishib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.  

Aholi o‘rtasida surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish yuzasidan tumanda 18-40 yoshli 10299 nafar aholidan 5096 nafari  profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi  va natijalariga ko‘ra 738 nafar fuqarolarni sog‘lomlashtirildi.

Aholining yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilgan hamda aholi orasida targ‘ib qilib borilmoqda.

Sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirish muassasalarini elektron to‘lov tizimlariga ulash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan pullik xonalarda davolangan fuqarolardan tushgan mablag‘lar elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilinmoqda.

Tumandagi 3-18 yoshdagi 8508 nafar bolalarni onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha skrining ishlari amalga oshirib kelinmoqda. 58 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tug‘ma gipotireoz, fenilketonuriya kasalliklarini aniqlash bo‘yicha neonatal skriningdan o‘tkazib borilmoqda. 6 ta lizosomal (Goshe, Pompe, Fabri, Krabbe, A va V turdagi Nimmana-Pika kasalliklari hamda 1 tipi) kasalliklarga ko‘rsatma asosida xavf guruhiga kiruvchi chaqaloq va bolalarda har yili selektiv skrining o‘tkazilmoqda. Tuman tug‘ruq kompleksida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni eshitish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha audioskriningdan o‘tkazib kelinmoqda.

Tumandagi 235 nafar homilador va 422 nafar bola emizuvchi ayollarni yod preparati, 4772 nafar 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan hamda 6-23 oylik bo‘lgan jami 516 nafar bolani mikronutriyent kukuni, 5247 nafar 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlab kelinmoqda. Preparatlarning yaroqlilik muddati va sifat sertifikatlarini ularni qabul qiluvchi bolalar ota-onalariga havola etib borilmoqda.

Tumandagi koxlear implantatsiya operatsiyasiga muhtoj 2 nafar bolalar operatsiya qilingan va hozirda yangi qayd etilgan holatlar yo‘q.

Boshqariluvchi yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida tumanda istiqomat qiluvchi 12105 nafar bolalarning barchasi 13 turdagi vaksinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlab borilmoqda.

Xavf guruhiga mansub bo‘lgan aholida onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha tumandagi 35-55 yoshdagi ayollarni har 3 yilda 1 marta bachadon bo‘yni saratoni hamda 45-65 yoshdagi ayollarni 2 yilda 1 marta ko‘krak bezi saratoniga erta aniqlash bo‘yicha 6577 nafar aholini skriningdan o‘tkazish hamda ommaviy onkoskrining tekshiruvidan o‘tkazish joriy etilgan. Onkologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida birlamchi tizim shifokorlarni “Onkoogohlik” bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish ishlari olib borilmoqda. Xavfli o‘sma kasalligi aniqlangan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Tumandagi 9067 nafardan ortiq 40 va undan katta yoshdagi aholi orasidan eng ko‘p uchraydigan yurak-qon-tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik ko‘riklar o‘tkazilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2529 nafar keksa yoshdagi aholining kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish, jismoniy faolligi va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot materiallari tarqatib borilmoqda.

Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega va semizligi mavjud aholi ulushini kamaytirib borish, shuningdek, anemiya va ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasini kamaytirish yuzasidan har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parhez ovqatlanish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib borilmoqda.

Tumanda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar 37 nafarni tashkil etib, shundan 12 nafar yolg‘iz keksalar, 16 nafar yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar, 6 nafar yolg‘iz yashovchi keksalar, 3 nafar yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar hisoblanadi. 8 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni uy-joylarini moslashtirish rejalashtirilgan. Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 7 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga dori-darmonlar ajratilgan, 1 nafariga 680 ming so‘mlik pul mablag‘i  berilgan. 

Tumandagi 8 ta mahallalarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va O‘zbekiston mahalllar uyushmasi Yangiobod tumani bo‘limi bilan tasdiqlangan kelishuv asosida, mahallalarda kompleks xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarning oylik ish grafigi ishlab chiqildi. Har bir ijtimoiy xodimlar “Hudud-uchastka-mahalla” tamoyili asosida 8 ta mahalla fuqarolar yig‘ini kesimida biriktirilgan. Jizzax viloyati “Tuyoqli MFY” xatlovi misolida Yangiobod tumani Yangiobod SHFY namuna asosida tanlab olinib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni aniqlab, ularga keys-menejment usulini qo‘llagan holda ijtimoiy yordam va xizmatlar bosqichma-bosqich ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga mahallalarda komleks xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar o‘zlari biriktirilgan mahallalarda xatlov jarayonini olib borishmoqda.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxslar, ularning mazkur vositalarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrga kiritib borilmoqda. 2024-yil 5-iyul holatiga jami 33 nafar nogironligi mavjud bo‘lgan muhtojlar kiritilib, shulardan 33 nafari zamonaviy protez- ortopediya buyumlari bilan ta’minlandi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga sifatli va zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini erkin xarid qilish imkoniyatini beruvchi elektron vaucher tizimi Agentlik tomonidan sinov tarzida joriy etilgan.

Eshitishi va nutqi bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning surdotarjimon xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, doimiy ravishda shu toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlari surdotarjimon orqali qabul qilinib, o‘z yechimini topmoqda. 2024-yil 5-iyul holatiga jami 4 nafar eshitishi va nutqi bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar surdotarjimon xizmatidan foydalandi.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarni oilaga tarbiyaga berishda nomzod tutingan ota-onalarni tayyorlash, ularning ota-onalik ko‘nikmalarini oshirish, oila - foster institutini joriy etish viloyat boshqarmasi orqali amalga oshiriladi.

         - 2024-yilda homiylikdagi 3 nafar voyaga yetmagan bolalar maktabni yakunlab, oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirgan.

         - 2023-yilda 1 nafar maktabni bitirgan homiylikdagi voyaga yetmagan shaxs tumandagi to‘qimachilik korxonasida ishlab kelmoqda.

         Vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish, oilaga asoslangan bolalarni parvarish qilishning muqobil shakllarini rivojlantirish. Bu borada har bir vasiylik va homiylikka olingan oilalar bilan alohida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Oila va xotin-qizlar yo‘nalishida 4 nafar xotin-qizlarga murakkab jarrohlik amaliyoti va davolanish harajatlari Respublika xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘tkazib berildi, 2 nafariga viloyat Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi homiyligida 21 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Rejaga asosan 1320 nafar ishsiz xotin-qizlar soni aniqlanib, bugungi kunda 786 nafari mavsumiy ishlarga, 34 nafari doimiy ishlarga 32 nafarini kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligi ta’minlandi.

47 nafar xotin-qizlarga tadbirkorligini boshlashi uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. Jizzax viloyati xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda 61 nafar xotin-qizlar tadbirkorlikka o‘qitildi.

Mahallalarda tashkil etilgan tadbirkorlik va salomatlik markazlarida ham 52 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi. 3 nafar tadbirkor xotin-qizlarimiz tomonidan tayyorlangan mahsulotlar Jizzax viloyatida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan savdo yarmarkasiga olib borilib, 2 nafar tadbirkor bilan savdo aloqasi o‘rnatildi.

Anjuman davomida mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар