Diqqat jamoatchilik muhokamasi!
2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi barcha fuqarolardan 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasining muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni Markazning maxsus 2023.strategy.uz hamda davlatdasturi.uz portallari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @dscuzbekistan va @YangiTaraqqiyotStrategiyasi telegramm kanallari orqali bildirishlarini so'rab qoladi.
MUHOKAMALAR 2023 YILNING 6 FEVRALIDAN 17 FEVRALIGAChA DAVOM ETADI.
Муҳокамага қўшилинг