Davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturi ijrosi hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda dastlab tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev yig'ilganlarga mavzu yuzasidan ma'lumot berdi.
Xususan, hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 49,9 mlrd so‘mni tashkil etib 109,9 foizga, eksport hajmi 0,8 mln dollarni tashkil qilib, 116,9 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 0,4 mln dollarni tashkil qilib, 461,1 foizga, meva-sabzavotlar ishlab chiqarish hajmi 0,4 mln dollarni tashkil qilib, 69,6 foizga o‘sishi ta’minlangan.
Investitsiya dasturiga asosan hududiy loyihalar doirasida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 6,9 mln dollarni tashkil qilgan.
O‘tgan 6 oy mobaynida 0,5 mln dollarlik 9 ta investitsiya loyihalarining to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlanib, 51 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida 82 ta yangi tadbirkorlik subyektlari yaratilgan. Mahallalarda 83 ta mikroloyihalar ishga tushirilishi natijasida 104 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan 236 nafar fuqarolarga 2,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yilda
3275 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan bo‘lib, 6 oy mobaynida 1679 nafar fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan.
Aholini uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy infratuzilma va muhandislik-kommunikatsiyani rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil 6 oy mobaynida Yangiobod SHFYda 6,1 mln so‘m mablag‘ evaziga 0,4 km, Sovot QFYda 12,2 mln so‘m mablag‘ evaziga 0,8 km, Balandchaqir MFY hududida 38,1 mln so‘m mablag‘ evaziga 2,2 km, Xo‘jamushkent QFYda 56,6 mln so‘m mablag‘ evaziga 4,0 km, Do‘stlik MFYda 30,5 mln so‘m mablag‘ evaziga 2,0 km, Havotog‘ QFYda 64,1 mln so‘m mablag‘ evaziga 4,2 km, Shodlik MFYda 12,2 mln so‘m mablag‘ evaziga 0,8 km, Sarmich MFYda 22,9 mln so‘m mablag‘ evaziga 1,5 km ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari to‘liq yakunlanib foydalanishga topshirilgan.
Iste’molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida 2024-yil 6 oy mobaynida mukammal tamirlash rejasiga asosan 51,1 km 10-0,4 kVt havo tarmoqlari, 14 dona 10/0,4 kVt li transformator punklari hamda joriy ta’mirlash rejasiga asosan 79,6 km 10-0,4 kVtli havo tarmoqlari, 23 dona 10/0,4 kVtli transformator punktlari ta’mirlangan.
Elektr energiyasida bo‘layotgan quvvat yetishmasligi sababini barqarorlikni ta’minlash maqsadida NS-3 markaziy podstansiyada 10 000 kVt quvvatli transformator quvvati 16 000 kVt bo‘lgan transformatorga almashtirilgan.
Aholiga sifatli elektr energiya yetkazib berish maqsadida Yangiobod ShFYda 20 dona, Balandchaqir MFYda 20 dona, Do‘stlik MFYda 40 dona, Havotog‘ QFYdа 55 dona, Shodlik MFYda 5 dona yaroqsiz simyog‘ochlar yangisiga almashtirilgan.
Elektr tarmog‘idagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida, 10 kVt havo tarmog‘ida bo‘shagan 10,6 km simlar tortilgan, 38 ta qiyshaygan ustunlar to‘g‘irlangan, 57,2 km masofada simlarga yaqinlashgan daraxt shoxlari kesilgan va 42 ta bo‘shagan vyazkalar qayta bog‘langan.
2024-yil 6 oy mobaynida tumanda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida Balandchaqir MFY Bog‘ishamol ko‘chasida 2,1 km masofada 0,4 kVt havo tarmog‘i tortilgan, Havotog‘ QFY Changovul qishlog‘iga 2,6 km masofada 0.4 kVt havo tarmog‘i yangilangan.