Yangiobodlik talabaning metodik qo'llanmasi nashr etildi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti 2-bosqich talabasi, Yangiobodlik HAMID AKMALOV o'z ilmiy rahbari-Yuridik fakulteti dekani; yuridik fanlar nomzodi, dotsent FARXOD QUTLIMURATOV boshchiligida "KONSTITUTSIYADAGI YANGI NORMALAR VA ULARNING TAHLILI" deb nomlangam metodik qo'llanmasi nashr etildi.
Mazkur metodik qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqqan holda, Konstitutsiyamizga kiritilgan yangi moddalar, normalar va ularni tahlil qilish maqsadida tayyorlangan.
Муҳокамага қўшилинг