Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov ishtirokida muloqot tashkil etildi

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov ishtirokida muloqot tashkil etildi

21 февраль 2023 йил
250
0

Xabaringiz bor, shu yilning 10 fevral kuni mamlakatimiz Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrifi davomida sektorlar rahbarlariga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, xususan muqobil energiyadan foydalanishni keng joriy etish yuzasidan topshiriqlar bergan edi.

Bugun Yangiobod tumanida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan mazkur vazifalar yuzasidan Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov ishtirokida muloqot tashkil etildi.

Unda Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev, tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari hamda keng aholi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan 1 kilovattdan 100 kilovatgacha miqdorda elektr quvvati yetkazib bera oladigan quyosh panellari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, mazkur panellarning turlari, o’rnatish tartiblari, texnik shartlari, bu maqsadda ajratiladigan kreditlar va imtiyozlar to'g'risida yig'ilganlarga batafsil tushuntirildi.

Uchrashuv yakunida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh o’quvchilarga faxriy yorliq va sovg’alar topshirildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар