Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda “HAYR HAVOTOGʻ” MCHJ rahbari ishtirokida seminar tashkil etildi (Video)

Yangiobodda “HAYR HAVOTOGʻ” MCHJ rahbari ishtirokida seminar tashkil etildi (Video)

09 сентябрь 2023 йил
348
0

Yangiobod tumanida aholi va kichik biznes egalarining tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularga to'g'ri yo'nalish berish va sohaga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tumanda ko'zga koʻringan, tadbirkorlik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan tadbirkorlar bilan muloqotlar o'tkazilmoqda.

Shu kabi tadbir Yangiobod tumanidagi Havotogʻ QFY, Uchturgon qishlogʻi hududida “HAYR HAVOTOGʻ” MCHJ rahbari Muhammadxayrullo Qayumjonov ishtirokida tashkil etildi.

Uchrashuvda tadbirkor dastlab bizbesni rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, biznes biznes vakillarini qoʻllab quvvatlash va Prezidentimiz tomonidan sohani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar to'g'risida gapirdi.

Shuningdek, tadbirkor yig'ilganlarga biznes olamiga kirib kelishi, bosib oʻtgan yoʻllari, qoʻlga kiritayotgan yutuqlari hamda biznes loyihalari to'g'risida gapirib berdi.

Shundan so'ng “HAYR HAVOTOG‘” MCHJ tomonidan tashkil etilgan 82 o'ringa mo'ljallangan mehmonxona va sog'lomlashtirish markazida tashkil etilgan xizmatlar va sharoitlar bilan tanishtirildi.

Ushbu 82 oʻringa moʻljallangan yangi maskanda 48 oʻrinli vip xonalar, 30 oʻrinli standart va 4 oʻrinli apartament boʻlib, markazda parafin, massaj, fitoboʻchka, fin xammomi, turk xammomi, issiq qum, tuz gʻori, xijoma, kutubxona, namozxona, oshxona, stol oʻyinlari va shifobaxsh suvli jakuzi vannalar tashkil etilgan.

Markazda suyak bugʻim kasalliklari, nerv kasalliklari, ovkat xazm kilish organlari kasalliklari, genikologiya kasalliklari, markaziy kon aylanish kasalliklari hamda teri kasalliklari bilan kasallangan bemorlarga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Loyiha doirasida 50 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Shuningdek, korxona tomonidan loyixaning 2-bosqichi boʻyicha ham ishlar olib borilishi kutilmoqda. 2023-yilda korxona tomonidan loyiha qiymati 1.5 mln. AQSH dollarni tashkil etadigan “HAVOTOGʻ”mineral suv ishlab chiqarish zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Loyihaning quvvati 60 ming dona 1 litrlik idishda yoki 80 ming dona 0.5 idishda ishlab chiqariladi. Oyiga esa 180 ming dona mineral suv ishlab chikarilishi maqsad qilingan. Loyiha ijrosi bilan qoʻshimcha 25 ta yangi ish oʻrni yaratilib, maxsulotlarni Rossiya, Tojikiston va BAA davlatlariga eksport kilish ko'zda tutilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар