Live: IIB tomonidan jamoat xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berilmoqda
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 62-sessiyasi davom etmoqda.
Sessiya kun tartibidagi 3- masala yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari H.Ismoilov tomonidan tumanda jamoat xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berilmoqda.
Ta'kidlandiki, tumanda 2023-yil 8 oyi davomida 35 ta jinoyat sodir etilib, 2022-yilning shu davriga solishtirilganida 8 taga oshgan.
Tuman IIBda profilaktik hisobda turgan shaxslar 168 nafarni tashkil qilib, shundan 2 nafari ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar, 166 nafari ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar hisoblanadi.
Муҳокамага қўшилинг