Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan kredit qarzdorliklari undirilmoqda
Bank faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan tizimlardan biridir. Banklarning kredit resurslari muqaddam ajratilgan kredit qarzlarining tasdiqlangan grafik asosida qaytarilishiga bogʻliq. Shunday ekan, maʼlum maqsadlarda kredit olgan shaxslarning bu borada oʻz masʼuliyatlarini oshirishi, yana kimningdir kredit resurslaridan foydalanishiga imkon yaratadi.
Maʼlumki, bank kreditlari koʻpchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidir tartibda undirish toʻgʻrisida ijro varaqasi chiqariladi.
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish boʻyicha ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning oʻtgan davrida 388 dan ortiq ijro hujjati boʻyicha 9,8 mlrd. soʻm qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.
Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq ijro hujjatlari boʻyicha jami 14 ta 4.1 mlrd. soʻmlik mol-mulklar xatlanib, 11 ta 3,9 mlrd. soʻmlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.
M.I.Mirzayev,
Yangiobod tuman bo'limi davlat ijrochisi