Yangiobodda yoshlarga “Davlat chegarasi to’g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi
Yangiobod tuman kasb-hunar maktabida yangi tahrirdagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to’g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda tuman hokimining chegara masalalari bo'yicha yordamchisi A.Nazarqulov, DXX chegara qo'shinlariga qarashli chegara qo'riqlash vzvodi komandiri A.Abdujabborov, 3-darajali serjant Y.Aktamov, kasb-hunar maktabi rahbar va xodimlari hamda o'quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yangi tahrirdagi qonunning mazmun-mohiyati, davlat chegarasida sodir etilgan ayrim toifadagi huquqbuzarliklar tasnifi, chegaraoldi hududlarda xo‘jalik va boshqa faoliyatni yuritish tartibi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishdagi ishtiroki va shu kabi asosiy jihatlari to'g'risida tushunchalar berildi.
Uchrashuv so'ngida o'quvchi-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.