O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari Yangiobod tumanida bo'ldi
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari Yangiobod tumanida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar hamda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
Xususan, Bosh prokuror o'rinbosari tumanning Do'stlik MFYga qarashli Namingon qishlog'idagi 10- hamda Chakand qishlog'idagi 6-umumta'lim maktablarida bo'lib, maktablarning energiya resurslari bilan taminlanish holati, isitish tizimi, qozonxonalarning mavsumga qay darajada shayligi, ko'mir zaxiralari tashkil etilishi, shu bilan birga yangi ta'mirlangan ushbu maktablarda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirilib, muammo va kamchiliklar yuzasidan qat'iy choralar ko'riladigan bo'ldi.
Shuningdek, tumanda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida kuzgi ko'chat ekish ishlari yuzasidan ko'rsatmalar berildi.