Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda aholini asosiy turdagi isteʼmol tovarlariga boʻlgan talabini qondirish va narxlarning keskin oshib ketishini oldini olish boʻyicha qanday choralar ko'rilmoqda

Yangiobodda aholini asosiy turdagi isteʼmol tovarlariga boʻlgan talabini qondirish va narxlarning keskin oshib ketishini oldini olish boʻyicha qanday choralar ko'rilmoqda

26 ноябрь 2023 йил
271
0

Yangiobod tumanida aholini asosiy turdagi isteʼmol tovarlariga boʻlgan talabini qondirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin oshib ketishini oldini olish boʻyicha tuman hokimining oʻrinbosarlari, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tumandagi tijorat banklari rahbarlari, qishloq xoʻjaligi boʻlimi, oʻsimliklar himoyasi va karantini, dehqon bozori vakillaridan iborat Ishchi guruh tashkil etilgan.
Qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish va maqsadli ishlatilishini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman ishchi guruhining asosiy vazifalari:
- 2023-2024-yillarning qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini hududlar kesimida zaxiraga jamgʻarishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishini monitoring qilish;
- tuman hokimligi tomonidan zahira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlarini samarali tashkil etish;
- asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning dinamikasini tahlil qilish, zaxira maqsadlari uchun mahsulotlarni xarid qilish, tayyorlash, saqlash va sotish bilan bogʻliq muammolarni tezkor bartaraf etish hisoblanib, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda dehqon bozorida “Oziq-ovqat yarmarkalari” tashkil etilib, aholiga bozor narxiga nisbatan 20-25 foiz arzon narxlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari sotish amalga oshiriladi.
Tuman boʻyicha jami 223 tonna asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga, jumladan, kartoshka 62 tonna, piyoz 94 tonna, sabzi 48 tonna va 19 tonna tonna zaxiraga jamgʻarish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 204 tonna ichki istemol bozori uchun hududiy tayyorlovchi tashkilotlari va 19 tonna ijtimoiy soxa muassasalari (MTM uchun 16,3 tn va TTB ga 3 tn) tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun zaxiraga jamgʻarilishi rejalashtirilgan.
2023-yilning 10-noyabr kuniga qadar belgilangan prognoz koʻrsatkichlarga nisbatan 85 foiz mahsulotlar jamgʻarib boʻlindi. Jumladan, tuman boʻyicha jami 189 tonna asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, kartoshka 32 tonna, piyoz 150 tonna, 5 tonna guruch zaxiraga jamgʻarish ishlari amalga oshirildi.
1-dekabr kuniga qadar rejadagi 223 tonna asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zahiraga jamgʻarish ishlari yakuniga yetkazish choralari koʻrilmoqda.
Mutasaddi idoralar tomonidan bozor va savdo rastalarida har kunlik bozor narxlarining monitoringini yuritish tizimi tashkil etildi.
Tuman hokimligi ishchi guruhi bilan birgalikda muntazam ravishda bozorlardagi narx navoning barqarorligi nazorat qilib borilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар