Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Balandchaqir MFYda "Mahalla faollari yashil bog'i" tashkil etildi

Balandchaqir MFYda "Mahalla faollari yashil bog'i" tashkil etildi

27 ноябрь 2023 йил
236
0

Yangiobod tumanida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida barcha mahallalar va aholi xonadonlariga mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, yashil maydonlar kengaytirilmoqda.

Ushbu tadbirlarda ko'chatning hudud iqlim sharoitiga mosligi hamda suvsizlikka chidamliligiga alohida e'tibor qaratilib, mutaxassislar tavsiyasi asosida tuman hududiga asosan bodom ko'chatlari ekilmoqda.

"Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!" shiori ostidagi ko'chat ekish ishlari davomida tuman hududida yangi-yangi bog'lar tashkil etilib, ushbu ezgu tadbirlarda mahalla faollari ham tashabbus ko'rsatmoqdalar.

Jumladan, Balandchaqir MFY faollari tashabbusi bilan hududda 1,5 gektar maydon ko'chat uchun tayyorlandi va 700 tupdan ortiq bodom ko'chatlari ekilib, "Mahalla faollari yashil bog'i" tashkil etildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар