Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida "Avtoyo'l bog'i" tashkil etildi

"Yashil makon" umummilliy harakati doirasida "Avtoyo'l bog'i" tashkil etildi

16 ноябрь 2023 йил
60
0

Yangiobod tumanida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida barcha mahallalar va aholi xonadonlariga mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, yashil maydonlar kengaytirilmoqda.

Ushbu tadbirlarda ko'chatning hudud iqlim sharoitiga mosligi hamda suvsizlikka chidamliligiga alohida e'tibor qaratilib, mutaxassislar tavsiyasi asosida tuman hududiga asosan bodom ko'chatlari ekilmoqda.

"Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!" shiori ostidagi ko'chat ekish ishlari davomida tuman hududida yangi-yangi bog'lar tashkil etilib, ushbu ezgu tadbirlarda aholi bilan bir qatorda tashkilot va muassasalar jamoalari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Jumladan, tuman yo'llardan foydalanish korxonasi tomonidan Do'stlik MFY hududidan o'truvchi yo'l bo'yidagi bo'sh yer maydoniga ishlov berilib, "Avtoyo'l bog'i" tashkil etildi.

Jamoa tomonidan ushbu maydonga 700 tupdan ortiq bodom ko'chatlari ekilib, ko'chat oralariga ishlov berildi va alohida muhofazaga olindi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар