Xo'jamushkentda “Konstitutsiyani oʻrganamiz” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi
Yangiobod tumani prokurori hamda tuman IIB boshlig'i ishtirokida tumanning 2-sektor hududida joylashgan 5-umumta'lim maktabi binosida oʻqituvchi va yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bagʻishlab “Konstitutsiyani oʻrganamiz” va “Konstitutsiya - adolat tantanasi” mavzularida tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida oʻquvchilarning mavzuga doir savollari tinglanib, joyida xuquqiy tushunchalar berildi.
Муҳокамага қўшилинг