Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Sarmich MFYda "Mahalla faollari yashil bog'i" yaratildi

Sarmich MFYda "Mahalla faollari yashil bog'i" yaratildi

29 ноябрь 2023 йил
237
0

Yangiobod tumanida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida barcha mahallalar va aholi xonadonlariga mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, yashil hududlar kengaymoqda.

"Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!" shiori ostidagi ko'chat ekish ishlari Sarmich mahallasida ham keng ko'lamda tashkil etilib, mahalla faollari tomonidan bir nechta yangi bog'lar barpo etildi.

Xususan, Sarmich MFY faollari tashabbusi bilan Yuqori Sarmich hududidagi bo'sh turgan yer maydoniga ishlov berildi va 400 tupdan ortiq yangi nihoil qadalib, "Mahalla faollari yashil bog'i" tashkil etildi.

Mahalladagi kuzgi ko'chat ekish tadbirlarida ko'chatning hudud iqlim sharoitiga mosligi hamda suvsizlikka chidamliligiga alohida e'tibor qaratilib, mutaxassislar tavsiyasi asosida hududga asosan bodom ko'chatlari ekilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар