Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Tuman hokimining bu galgi uchrashuvi Sarmich mahallasida o'tkazildi

Tuman hokimining bu galgi uchrashuvi Sarmich mahallasida o'tkazildi

18 декабрь 2023 йил
36
0

Ayni kunlarda Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning barcha mahalla va qishloqlarini aylanib, aholi va keng jamoatchilik faollari bilan muloqotlar o'tkazmoqda.

Tuman hokimining bu galgi uchrashuvi Sarmich mahallasida o'tkazilib, unda tuman hokimi ushbu mahalla hududida amalga oshirilgan bunyodkorliklar, suv hamda yo'l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlarga alohida to'xtaldi va bu ishlar bosqichma bosqich davom ettirilishini ta'kidladi.

Shuningdek, mahalla hududidagi maktablardagi ta'lim sifati va o'quvchilar qo'lga kiritayotgan natijalarni e'tirof etib, ta'lim-tarbiya sohasidagi istiqboldagi rejalar to'g'risida gapirdi.

Uchrashuv davomida aholi bandligini ta'minlash va shu kabi masalalar yuzasidan aholi bilan fikr almashilib, bu boradagi murojaat va takliflari ham tinglandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар