Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Maktab direktorining oʻzi ham “direktor jamgʻarmasi”dan moddiy yordam olishga haqlimi?

Maktab direktorining oʻzi ham “direktor jamgʻarmasi”dan moddiy yordam olishga haqlimi?

26 декабрь 2023 йил
173
0

Xodimlarga moddiy yordam maktablarda direktor jamgʻarmasidan beriladi. Moddiy yordam olish uchun xodim shu tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi va moddiy yordam olish uchun asos boʻladigan holatlar sodir boʻlishining oʻzi yetarli.
Yaʼni xodim mehnat taʼtilida, malaka oshirishda yohud vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida boʻlishi uning moddiy yordam olish huquqini cheklamaydi. Bunda Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022-yildagi 425-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son qarori 33-bandiga oʻzgartirish kirilgan.
Unga koʻra umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (oʻqituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha:

  • xodimning oʻzi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda;
    ogʻir kasallikka chalinganda;
  • xodim tabiiy ofatdan zarar koʻrganda koʻrsatiladi.

Qoidaning mazmuniga koʻra xodim maktabda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan davrda yuqoridagi holatlar sodir boʻlsa, direktor jamgʻarmasida mablagʻ yetarli boʻlgan taqdirda xodim 2 lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam olishga haqli.
Mana shu qoidaga koʻra xodim 1 kalendar yilida jami 2 lavozim maoshigacha moddiy yordam olishi mumkin. Bunda xodimga moddiy yordam berish boʻyicha ishchi guruh qarori asosida direktor buyruq chiqaradi.
Agar tibbiy xulosada xodimning kasalligi ogʻir ekanligi qayd etilgan boʻlsa, xodim moddiy yordam olishga haqli. Shunga koʻra sizdagi vaziyatda ham kasallik ogʻir ekanligi tibbiy xulosada koʻrsatilgan boʻlsa, unda moddiy yordam olishingiz mumkin.
Ushbu nizomning 34-bandida “Umumtaʼlim muassasasi rahbariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish yuqori turuvchi tashkilot tavsiyasi asosida berilishi mumkin” degan qoida boʻlardi.
Biroq bu qoida VM 425-son qaror bilan bekor qilingan. Shunga koʻra, yuqoridagi asoslar boʻlganda, direktor ham moddiy yordam olishga haqli.

T.Umarov,

Yangiobod tuman yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар