Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga kritilgan yangi oʻzgartirish va qoʻshimchalar – Sudyalar targʻibotida

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga kritilgan yangi oʻzgartirish va qoʻshimchalar – Sudyalar targʻibotida

06 январь 2024 йил
249
0

2024-yilning 6-yanvar kuni Zomin tuman tibbiyot texnikumi binosida viloyat sudining sudyasi M.Zulfuqorov, Zomin tumanidagi korxona, muassasa, va tashkilotlar huquqshunoslari hamda tuman tibbiyot texnikumida faoliyat yuritib kelayotgan murabbiylar ishtirokida qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan targʻibot ishlari oʻtkazildi.

2023-yilning 25-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilindi.
Mazkur qonun 2024-yil 01-yanvardan eʼtiboran kuchga kirishi belgilangan.
Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirishning amaldagi tartibi asosida kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrish Oliy sud vakolatiga oʻtkazilishi sud ishlarini koʻrishning oʻta markazlashtirilgan tizimini vujudga keltirib, oʻrta boʻgʻin – viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar imkoniyatlaridan samarali foydalanilishini cheklab qoʻygan.
Oqibatda shikoyatdagi vajlar har taraflama toʻliq tekshirilmay, ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmasdan, ishlarni quyi sudlarga yangidan koʻrish uchun yuboish holatlari uchradi.
Bundan tashqari, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan ishlarning kelgusida kassatsiya instansiyasida koʻrib boʻlmasligi haqidagi qonun talablari fuqarolarning eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda edi.
Shu munosabat bilan fuqarolarning bunday eʼtirozi va sarsongarchiligini oldini olish, ishlarning sifatli hamda oʻz vaqtida koʻrilishi orqali samarali odil sudlovni amalga oshirish, pirovardida inson huquqlarining haqiqiy himoyasini taʼminlash maqsadida sud qarorlarini qayta koʻrish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va yangi tartibini joriy etish zaruriyati kelib chiqdi.
Unga koʻra, sud qarorlarini qonuniyligini tekshirishni yangi bosqichlari joriy etildi.
Xususan, viloyat sudlari ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni taftish tartibida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida qayta koʻriladigan boʻldi.
Bunday sud qarorlarini qayta tekshirish yangi institutini yaratilishiga bir sud bir instansiya tamoyili asosida ish yuritish oʻzini oqlamaganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish oʻta markazlashib ketganligi, fuqarolarga ortiqcha vaqt va sarf xarajatlarni yuzaga keltirganligi sabab boʻldi.
Endilikda oʻrta boʻgʻin, yaʼni viloyat sudlariga katta masʼuliyat yuklandi. Qonun bilan har bir sud instansiyasiga yakuniy qaror qabul qilish vazifasi topshirildi.
Qonunni quyidagi muhim jihatlariga toʻxtalish joiz boʻladi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi.
Sud hujjatini qabul qilgan sud apellyatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.

Mazkur qonunga koʻra, apelyatsiya shikoyatini endilikda qabul qilish, qaytarish va qabul qilishda rad qilish haqida shikoyat kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddatda ajrim chiqarish viloyat sudining sudyasi vakolatiga oʻtkazildi. Bu ham qonundagi muhim oʻzgarish boʻlib, birinchi instansiya sudining ishini ancha yengillashtirishga olib keladi.
Oʻtkazib yuborilgan muddat, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Demak, Qonunlar bilan tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudida koʻrilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar mazkur sudlarda taftish tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar Oliy sudning tegishli sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrilishini, Oliy sudning sudlov hayʼati tomonidan koʻrilgan ishlar Oliy sudning Rayosatida taftish tartibida qayta koʻrilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qabul qilingan qonun normalarini toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash uchun sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatlari ustidan shikoyat qilishga oid huquqlarini cheklanishini oldini olish, shikoyat qilish mumkin boʻlgan yangi kiritilgan barcha sud instansiyalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandi (bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan sud hujjatining qabul qilinmaganligi) da va 3724-moddasi ikkinchi qismining
2 (ish sud tomonidan sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa) va 4-bandlari (sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi masalani hal qilgan boʻlsa)da nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi.
Apellyatsiya shikoyati berilganda sud qarori ijrosi toʻxtatib turiladi. Bundan darxol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno.
Xuddi shunday qoidalar kassatsiya instansiyasining vakolatlariga ham kiritildi. Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Sud qarorini qayta koʻrish taftish instansiyasida ish yuritish quyidagicha etib belgilandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan shikoyat (protest) mazkur sudlar nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda shikoyatni (protestni) ishni taftish tartibida koʻradigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan shikoyat (protest) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibidagi protesti bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 4194-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar murojaat qilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan ortiq boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kiritilishi mumkin.
Taftish instansiyasida apellyatsiya va kassatsiya instansiyasidan farqli ravishda shikoyat kelib tushganda sud qarori ijrosi toʻxtatib turishi shart emas, balkim sud bunga haqli ekanligi qonunda belgilab qoʻyildi.
Bundan tashqari, qonunda taftish instansiyasining koʻrsatmalari quyi sudlar uchun majburiy ekanligi, shuningdek, taftish instansyasi ishni uzil kesil tamomlasa yoki ish yuritishni tugatgan hollarda sud qarorini qaytarma ijrosini hal etishi yoki bu borada taraflar birinchi instansiya sudiga murojaat etish huquqiga ega ekanligi aniq belgilab berildi.
Xulosa qiladigan boʻlsak, ushbu qonunchiligimiz kiritilgan yangiliklar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda alohida ahamiyatga ega boʻlib, fuqarolarimizning odil sudlovga boʻlgan ishonchini yanada ortishiga hamda sud qarorlari boʻyicha ovora va sarsongarchiliklarining oldini olishga xizmat qiladi.


O.Egamberdiyev,

Fuqarolik ishlari boʻyicha
Zarbdor tumanlararo sudi raisi

A.Pulatov,

Fuqarolik ishlari boʻyicha
Zarbdor tumanlararo sudi sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар