Yangiobod tumanining Sovot mahallasida "Yoshlar bog'i" tashkil etildi (Video)
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Yangiobod tumanida ham yangi-yangi bogʻlar tashkil etilib, bu ishlarda mahalla yoshlari ham faollik koʻrsatishmoqda.
Xususan, bugun tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot mahallasida 0,20 gektar yer maydoni tayyorlanib, hudud iqlimiga mos hamda suvsizlikka chidamli boʻlgan bodom koʻchatlari ekildi.
Tashkil etilgan koʻchat ekish aksiyasida mahalla yoshlari bilan bir qatorda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, viloyat hokimi oʻrinbosari Latibjon Axmadjonov, yoshlar yetakchilari hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
Xuddi shu kabi “Yoshlar bogʻi” barcha mahallalarda tashkil etilishi koʻzda tutilgan boʻlib, hozirda koʻchatlar olib kelinib, nihol qadash uchun yerlar tayyorlanmoqda.