Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » "Mahallada duv-duv gap" tadbiri Qo'shqand qishlog'ida bo'lib o'tdi

"Mahallada duv-duv gap" tadbiri Qo'shqand qishlog'ida bo'lib o'tdi

09 январь 2024 йил
118
0

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Yangiobod tumanidagi barcha mahallalarda "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar tadbiri bo'lib o'tmoqda.

Bu galgi tadbir tumanning Havotog' QFY, Qo'shqand qishlog'ida tashkil etilib, unda targ'ibotchilar tomonidan Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar to'g'risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat Kengashi yigʻilishida ilgari surilgan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida taqdimot namoyish etilib, batafsil tushuntirildi.

Tadbir davomida aholiga xushkayfiyat ulashish maqsadida tuman madaniyat bo'limi san'atkorlari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар