Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumanida 2023-yil “Оpenbudget” sarhisobi va 2024-yil rejalari

Yangiobod tumanida 2023-yil “Оpenbudget” sarhisobi va 2024-yil rejalari

15 январь 2024 йил
476
0

Mamlakatimizda fuqarolarning byudjet jarayoniga jalb qilish mexanizmining ishga tushirilishi joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarning yechimini topish va jamoatchilikka byudjet jarayonining ishtirokchisiga aylantirishda alohida vosita boʻlib xizmat qilmoqda.
2023-yilda oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarda bayon etilgan oʻrinli va dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, davlat byudjetini shakllantirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish boʻyicha birmuncha ishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori bilan fuqarolarga byudjetni shakllantirish jarayonlarini nafaqat nazorat qilishi, balki byudjet mablagʻlarini shakllantirish jarayonidan boshlab ularni sarflashda qatnashishi uchun ham imkoniyat yaratildi. Bundan tashqari byudjet shakllanishi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida tuman va shaharlarda tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish boʻyicha yangi tartib joriy etildi.
2023-yilda Yangiobod tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida gʻolib boʻlgan 7 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 7 mlrd. 168 mln. 592. ming soʻm mablagʻ ajratildi.
Qayd etib oʻtish lozimki, 2023-yilda xam “Tashabbusli byudjet” uchun ovoz berish jarayoniga 8 ta mahalla fuqarolar yigʻini axolisi tomonidan  157 ta  loyiha tashabbuslari ilgari surilib,  112 tasi tasdiqlangan. Tasdiqlangan tashabbuslardan  7 tasi  gʻolib deb topildi. Gʻolib loyihalarning jami qiymati  7 mlrd. 75 mln soʻmni tashkil etmoqda.

Joriy yilning birinchi mavsumida “Tashabbusli byudjet” uchun ovoz berish jarayoniga  98 ta loyiha ilgari surilgan boʻlib, 69 tasi tasdiqlanib, 4 tasi gʻolib deb topilgan xamda gʻolib loyihalarning summasi  3 mlrd 265 mln soʻmni tashkil etgan, ikkinchi mavsumda 59 ta  loyiha ilgari surilgan boʻlib, ulardan 43 tasi tasdiqlanib, 3 tasi gʻolib deb topilgan hamda gʻolib loyihalarning qiymati 3 mlrd. 810 mln. soʻmni tashkil etgan. Tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab birinchi mavsumda  22 949 ta, ikkinchi mavsumda 18 835 ta ovoz berilgan.
2023-yildagi ikki mavsum yakuniga koʻra eng yuqori natijani 8 224 ta ovoz bilan “Sarmich” MFY “13-maktab binosi oldidan Sarmich oilaviy shifokorlik punkti va Xojimatov Lochinbek xonadonining oldigacha boʻlgan yoʻlni asfalt qilish” loyihasi ( 1 mlrd 200 mln soʻm) qoʻlga kiritgan boʻlsa, atigi 757 ta ovoz toʻplagan “Doʻstlik” MFYda “Yangi Qoʻriq qishlogʻiga tabiiy gaz tarmogʻi tortish loyihasi ( 100 mln soʻm) ham gʻolib boʻlgan.
Joriy yilda “Tashabbusli byudjet” uchun ovoz berish jarayonida ilgari surilgan takliflarning 39 tasi (34,8 foiz) ichki yoʻllarni taʼmirlashga oid. 13 ta taklif (11,6 foiz) mahalla hududini obodonlashtirish tadbirlariga qaratilgan. Maktablar va bogʻchalar boʻyicha 27 ta (24,1 foiz), ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlarga 6 ta (5,3 foiz), tibbiyot muassasalari boʻyicha 3 ta (2,6 foiz) taklif kelib tushgan. Ilgari surilgan va gʻolib boʻlgan loyihalarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, yaʼni tashabbusli byudjet aynan qaysi sohalar koʻproq eʼtiborga muhtoj ekanini ham ochib bermoqda.

2023-yilda gʻolib deb topilgan loyihalar quyidagilardan iborat.
2023-yil 1- mavsum boʻyicha:
1. Yangiobod tumani Sarmich MFY hududidagi 13-maktab binosi oldidan Sarmich oilaviy shifokorlik punkti va Xojimatov Lochinbek xonadonining oldigacha boʻlgan yoʻlni asfalt qilish loyihasi. (toʻplangan ovoz 8224 ta, taklif qiymati 1 mlrd 200 mln. soʻm) Loyiha foydalanishga topshirilgan.
2. Yangiobod tuman Shodlik MFY hududida joylashgan 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabida yopiq turdagi bolalar oʻyingohi barpo etish loyihasi; (toʻplangan ovoz  7305  ta, taklif  qiymati 1  mlrd. 200,0  mln  soʻm) Loyiha qurilish bosqichida.
3. Yangiobod tuman kasb-hunar maktabi moddiy texnika bazasini rivojlantirish loyihasi; Loyiha amalga oshirilgan.
4. Yangiobod tumani Doʻstlik MFY Pastkichaqir qishlogʻi (Yangiqoʻriq  mahallasi) ni tabiiy gaz tarmogʻiga ulash loyihasi; Loyiha qurilishlari yakuniy bosqichida.
2023-yil 2- mavsum boʻyicha:
1. Yangiobod tuman 5-son umumtaʼlim maktabini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish loyihasi (taklif  qiymati 1  mlrd  190,0  mln  soʻm). Hozirda ushbu loyiha boʻyicha pudratchi aniqlanib, qurilish ishlari boshlangan.
2. Yangiobod tuman sport maktabini boʻsh xududida 30x45 xajmdagi sunʼiy koplamali mini stadion qurish loyihasi. (taklif  qiymati 1  mlrd  320,0  mln  soʻm). Bugungi kunda loyiha-smeta xujjatlari tayyorlanib, xozirda ushbu loyihalar boʻyicha pudratchi aniqlanib, qurilish ishlari boshlangan.

Bundan tashqari 2023-yilning aprel - may oylarida “Ochiq byudjet” axborot portalining “Mening yoʻlim” tadbirlari amalga oshirildi va bunda Yangiobod tumanida fuqarolar tomonidan jami 23 ta tashabbuslar shakllantirib, shundan ajratilgan mablagʻlar doirasida fuqarolar tomonidan bildirilgan tashabbuslar boʻyicha ovozlar ketma-ketligi asosida eng koʻp ovoz toʻplagan 2 ta loyiha gʻolib deb topilgan.
2024-yil tumanda “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjet parametrlarida 7 mlrd 486,9 mln soʻm rejalashtirilgan.
Bundan tashqari tashabbusli byudjet jarayonida iqtisod qilingan mablagʻlar va 2024-yilning 1-2-3-choraklari yakuni bilan aniqlanadigan daromadlarni rejadan oshgan kismi mablagʻlarining 30 foizi “Tashabbusli byudjet” jamgʻarmasiga oʻtqaziladi.
Nizom talablariga asosan berilgan 1 dona taklifni amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming baravaridan oshmasligi belgilangan boʻlib, hozirgi kunda ushbu miqdor 1 mlrd. 360 mln. soʻmni tashkil etadi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар