“Obod va xavfsiz mahalla” mavzusida seminar tashkil etildi
Yangiobod tumanida mahallalar "Beshligi" ishtirokida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish”, “Mahalla xavfsizligi uchun hammamiz birgalikda masʼulmiz” hamda “Obod va xavfsiz mahalla” mavzularida seminar tashkil etildi.
Seminarda Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi a'zolari ishtirok etishib, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda “mahalla beshligi” tizimi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi.
Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, mahallalarni obod va xavfsiz makonga aylantirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
Муҳокамага қўшилинг