Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun – mohiyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun – mohiyati

09 февраль 2024 йил
169
0

Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlik bilan shugʻullanib kelayotgan yurtdoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, 2024-yil 9-yanvar kuni “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi № PQ-8-sonli Qarorini imzoladilar.
Qarorga koʻra, tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish orqali biznesga maʼmuriy yukni kamaytirish maqsadida:
1. Adliya vazirligi va Statistika agentligining 2024-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan hisobot va statistika maʼlumotlarini (keyingi oʻrinlarda — hisobot) 1-ilovaga muvofiq bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlaridagi maʼlumotlarning tegishli sohani tartibga soluvchi davlat organlariga ularning murojaatlari asosida belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlasin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) davlat organlari va tashkilotlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan topshiriladigan hisobot turlarini hamda ulardagi maʼlumotlarni quyidagilar orqali maqbullashtirish choralarini koʻrib boradi:
davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida raqamli hukumat tizimi doirasida maʼlumotlar almashishni kengaytirish;
sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali maʼlumotlarning avtomatik tarzda shakllanishini yoʻlga qoʻyish;
b) davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-sentyabrga qadar Statistika agentligiga hisobot turlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflarni kiritib boradi;
v) Statistika agentligi har yili 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida hisobot turlarini maqbullashtirish choralarini koʻradi.
3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — yagona roʻyxat) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
yagona roʻyxatga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish taqiqlanadi;

hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi, hisobotlarni qogʻoz shaklida topshirish tartibi bekor qilinadi.
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi Yagona hisobotlar tizimini joriy qilsin.
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Yagona hisobotlar tizimining operatori etib belgilansin.
6. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan Yagona hisobotlar tizimi orqali hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun — ixtiyoriy;
2027-yil 1-yanvardan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun — majburiy;
2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun — majburiy.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlarida hisobga olinishi belgilangan maʼlumotlarni Yagona hisobotlar tizimiga kiritib boradi;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali hisobotlarni shakllantirish uchun zarur maʼlumotlar Yagona hisobotlar tizimiga kiritiladi;
hisobotlar Yagona hisobotlar tizimida avtomatik tarzda shakllanadi va hisobotlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tadbirkorlik subyekti tasdiqlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari oʻzlariga zarur boʻlgan hisobotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar doirasida Yagona hisobotlar tizimi orqali oladi;
Yagona hisobotlar tizimidagi maʼlumotlarning maxfiyligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi;
buxgalteriya dasturlari tizimidan foydalangan holda hisobotlar topshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ularning maʼlumotlar bazalarini Yagona hisobotlar tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratiladi.


Baxtiyor Mamadaminov,

Jinoyat ishlari boʻyicha
Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар