Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Imtiyozli tavsiyanomalarni olish uchun test sinovlari o'tkazildi

Imtiyozli tavsiyanomalarni olish uchun test sinovlari o'tkazildi

14 февраль 2024 йил
131
0

Yangiobod tumanida joylashgan DXX Chegara qóshinlariga qarashli harbiy qismlarning birida yigitlik burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari tomonidan test jarayonlari ochiq va shaffof tarzda oʻtkazildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻladi. Shuningdek, ular Respublikaning oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida ajratilgan qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Tavsiyanomalar ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

- Imtihon jarayonlari shaffof tarzda tashkil etildi. Test savollari menga qiyinchilik tugʻdirmadi. Agarda men imtiyozli tavsiyanoma ega boʻlsam Qurolli Kuchlar Akademiyasiga oʻqishga kirib harbiylik kasbimni davom etmoqchiman - deydi oddiy askar Husanjon Dadaboyev.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар