Harbiylar ishtirokida "Eng yaxshi tasviriy sanʼat" tanlovi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Yangiobod tumani joylashgan DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlardan biri tashabbusi bilan "Eng yaxshi tasviriy sanʼat" tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda harbiy xizmatchilari, ularning oila-az'olari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishib, oʻz iqtidorlarini ijod namunalari orqali namoyon etishdi.
Tanlov yakunlariga koʻra 1-oʻrinni harbiy qism harbiy xizmatchisi oddiy askar O.Qurbonpoʻlatov, 2-oʻrinni D.Tutsunboyeva va 3-oʻrinni A.Shuxratovlar egallashdi. Gʻoliblar va sovrindorlarga harbiy qism komandining diplom va sovgʻalari topshirildi.
Муҳокамага қўшилинг