Yosh chegarachilar" klubi a'zolari 6-chegara qo'riqlash vzvodida bo'lishdi
Yangiobod tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator harbiy vatanparvarlik tadbirlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun Sarmich MFYdagi 18-umumta'lim maktabining 10-11-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "Yosh chegarachilar" klubining "QALQON" jamoasi DXX chegara qo'shinlariga qarashli Sarmich mahallasidagi 6-Chegara qo'riqlash vzvodiga tashrif buyurishdi hamda klub a'zolari bilan mashg'ulotlar tashkillashtirildi.
Муҳокамага қўшилинг