Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

08 март 2024 йил
210
0

Assalomu alaykum muhtarama Onaxonlar!

Qadrli opa-singillar!

Oʻlkamizda bahor nafasi ufurib, tabiat uygʻonib borayotgan  shunday qutlugʻ  kunlarda Sizlarni, sizlar orqali butun tumanimiz ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bahor faslining ilk darakchisi kabi kirib keladiganbu bayram har yili yurtimizda goʻzallik va nafosat ayyomi sifatida shodu xurramlik bilan nishonlanadi. Ushbu bayramni aynan bahor faslida nishonlashimizning oʻziga xos mazmunishundaki, oʻzining goʻzalligi, mehri, saxovati bilan ayol zotini bahorga, mana shu betakror faslga qiyoslaymiz.

Darhaqiqat, Sizlar bilan, sizning beqiyos mehringizu latofatingiz, sabr-toqat va zakovatingiz bilan bu olam charogʻon. Sizlarga yaxshilik qilishdan, sizlarga izzat ikrom koʻrsatishdan keladigan savob nihoyatda buyukdir. Zero hadislarimizda taʼkidlanganidek, “Jannat onalar oyogʻi ostidadir”.

Qadrli opa-singillar!

Bu dunyoda  baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun muhabbat, vafo va sadoqat timsoli boʻlib kelayotgan ayollarimiz haqida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Biz xalqimiz roziligini avvalo, siz, muhtarama onalarimiz, opa-singillarimizning roziligi deb tushunamiz. Sizlarning sogʻ-salomat boʻlib, baxtli boʻlib yashashingizni amalga oshirayotgan barcha-barcha islohotlarimizning asosiy maqsadi va mezoni deb bilamiz. Bu yoʻlda erishgan natijalarimiz faqatgina birinchi qadamlar boʻlib, sizlarning qoʻllab-quvvatlashingiz, duolaringiz, hech shubhasiz, bizga cheksiz kuch-gʻayrat bagʻishlaydi” - degan soʻzlarini keltirish oʻrinlidir.

Ayni paytda Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim oʻrin va mavqega ega.

Hayotimizning qaysi soha va yoʻnalishini olmaylik ularning rivoji va samarasini oshirishda opa-singillarimiz katta hissa qoʻshmoqdalar.

Jumladan, tumanimizda ham Xalq deputatlari Kengashlarida 4 nafar, rahbarlik lavozimlarida 20 nafardan ortiq, tadbirkorlik sohasida 100 ga yaqin, tibbiyot sohasida 400 nafarga yaqin, taʼlim sohasida 424 nafar xotin-qizlarimiz faoliyat koʻrsatmoqda.

Hurmatli onaxonlar va qadrli opa-singillar!

Siz har jabhada ilgʻor, tashabbuskor va ibratlisiz.

Biz bugun oʻzining fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, davlat va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, ibratli fazilatlari bilan xalqimiz oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan koʻplab opa-singillarimiz nomlarini hurmat bilan tilga olishimiz mumkin.

Shunday ayollarimizdan biri Abdulhamidova Gulchehra opamiz Prezidentimiz tomonidan “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Fursatdan foydalanib, mukofotga sazovor boʻlgan hurmatli opamizni tumanimiz faollari hamda oʻz nomimdan samimiy qutlayman.

Bugungi bayram shodiyonasida siz muhtarama ayollarimizning fidoyi qalbingiz, beminnat mehru-muhabbatingiz uchun har qancha tashakkur aytsak, har qancha taʼzim qilsak arziydi. Fursatdan foydalanib demoqchimanki, biz Sizlarni fidoyilik, vafo va sadoqat, nafosat timsoli sifatida ulugʻlab kelamiz va doimo Sizlardan minnatdor boʻlib yashaymiz.

Aziz opa-singillar!

Sizlarni  bahor elchisi boʻlgan, oʻzingizdek goʻzal va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik  va xotirjamlik tilayman.

Bayramingiz muborak boʻlsin!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар