Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumani hokimi Qarshiboyev Ibrohim Boltayevichning tuman xalqiga Yangi yil tabrigi

Yangiobod tumani hokimi Qarshiboyev Ibrohim Boltayevichning tuman xalqiga Yangi yil tabrigi

31 декабрь 2023 йил
184
0

Assalomu alaykum aziz tumandoshlar!
Barchangizni ezgu niyatlar, yorugʻ umidlar bilan qarshi olayotganimiz yangi 2024-yil bilan samimiy qutlayman. Yangi yilda sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik, sogʻlik-omonlik va xursandchilik, toʻkin-sochinlik yor boʻlishini, yurtimiz tinch va yanada obod boʻlib ravnaq topishini, barcha-barcha ezgu niyatlarimiz ushalishini tilayman.
Qadrli doʻstlar!
Poyoniga yetayotgan 2023-yilda yurtimiz hayotida yaxshi kunlar, ulkan yutuqlar koʻp boʻldi.
2023-yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berilgan edi. Ushbu yilda tumanimizda inson qadrini ulugʻlash, xalqimiz farovonligini taʼminlash va taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan koʻplab istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yil davomida tumanimizda bandlik dasturi doirasida 4987 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Shundan, 157 ta investitsiyalar va mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga, 1203 ta xizmat koʻrsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga, 3121 ta qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha, 90 ta qurilish va kommunal soha hisobiga toʻgʻri keladi.
Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida tumanimizda olib borilgan bunyodkorlik ishlariga ham toʻxtaladigan boʻlsam, joriy yilda tumanimizda barcha manbaalar hisobidan 22,5 mlrd.soʻmlik qurilish taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Xususan, tumanimiz aholisining toza ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida joriy yilda 4 ta aholi punktlarida 7 ta artezian quduqlari qazilib, 76 km.dan ortiq ichimlik suvi tarmogʻi tortildi, buning natijasida tuman aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi 75 foizdan oshdi.
Shuningdek, tumanimizda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash borasida ham qator ijobiy ishlar qilindi. Xususan, joriy yilning oʻzida 50 km.ga yaqin asosiy va ichki yoʻllarga asfalt yotqizilib, 40 km.dan ortigʻi shagʻallashtirildi.
Bundan tashqari joriy yilda tumanimizda 2 ta umumtaʼlim maktabi mukammal taʼmirlanib, 1 ta koʻp tarmoqli poliklinika hamda 1 ta davlat maktabgcha taʼlim tashkiloti binosi qurib bitkazildi.
Qadrli tumandoshlar!
Oʻtayotgan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va keng koʻlamda olib borilgan islohotlar zamirida inson qadri uchun degan oliyjanob maqsad va vazifalar yotibdi.
Tobora poyoniga yetib borayotgan ushbu yilda yer yuzidagi global iqlim oʻzgarishlari, mintaqamizdagi ekologik muammolar koʻplab jabhalarda ilgari kuzatilmagan murakkab vaziyatlarni keltirib chiqardi. Ammo oʻtgan yilimizda har qanday qiyin vaziyatlar va muammoli holatlar kuzatilishiga qaramasdan hurmatli Yurtboshimizning oqilona siyosati hamda matonatli xalqimizning sabr-toqati bilan barcha qiyinchiliklarni mardonavor yengib oʻtmoqdamiz.
Tobora ortda qolayotgan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirgan ishlarimizni albatta, yangi -2024-yilda ham tizimli davom ettiramiz. Yangi yilning boshlanishi bizga yanada maʼsuliyat yuklaydi. 2024-yilda tumanimizda inson va uning manfaatlarini taʼminlashni, tumandagi maktabgacha va maktab taʼlim sifatini yanada yaxshilash maqsadida taʼlim muassalarini moddiy texnika bazasini mustaxkamlash orqali kelajagimiz bunyodkorlari boʻlgan yoshlarimizga ularni taʼlim olishlshari, iqtidorlarini roʻyobga chiqarish va kelajakda munosib kasb egalari boʻlishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berishni bizning ustuvor vazifamiz etib belgiladik.
Aziz doʻstlar!
Mana yangi 2024-yilga ham qadam qoʻymoqdamiz, Yangi yilda ham biz uchun qadrli boʻlgan udumlarimizga rioya qilaylik, barcha pok qalbli insonlardan, qarindosh-urugʻ, aka-uka, yoru birodarlarimizdan shirin soʻzimizni, yaxshiliklarimizni ayamaylik. Bizning bu harakatimiz ular qalbiga, kayfiyatiga, sogʻligʻiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini unutmaylik.
Kirib kelayotgan Yangi yilda yurtimizdan, xonadonlarimizdan fayzu baraka arimasin. Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning turmushi yanada farovon boʻlsin.
Yangi 2024-yil barchamiz uchun qutlugʻ kelsin!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар