Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumani hokimi Qarshiboyev Ibrohim Boltayevichning 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

Yangiobod tumani hokimi Qarshiboyev Ibrohim Boltayevichning 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

13 январь 2024 йил
241
0

Assalomu alaykum el-yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilayotgan ozod va obod yurtimiz posbonlari.
Sizlarni 14- yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” bayrami hamda Qurolli kuchlarimiz tashkil etilgan qutlugʻ sana bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Barchamizga maʼlumki, istiqlolning ilk yillaridayoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralib, Qurolli Kuchlarimizni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi.
Qurolli Kuchlarimizning shonli 32 yilligi davomida  mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir boʻlgan, zamonaviy, har tomonlama yaxshi qurollangan, hech kimdan kam boʻlmagan milliy armiyamizni shakllantirish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirildi.  
Shuningdek, Qurolli kuchlarimizni yanada takomillashtirish borasida Prezidentimiz tomonidan bir qator qarorlarning qabul qilinishi Oʻzbekiston xalqida, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida yana bir karra milliy armiya bilan faxrlanish tuygʻusini, Vatan himoyachisidek sharafli kasbga hurmat-ehtirom hissini uygʻotishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Yurtboshimizning “Dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlar yaqin-uzoq mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyat va toʻqnashuvlar sharoitida biz yurtimizda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi ishlarimizni yanada jadallashtirishimiz, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini rivojlantirish boʻyicha islohotlarimizni davom ettirishimiz lozim” – degan  gaplarida yurt tinchligi va ravnaqi yoʻlidagi jonkuyarlikni, shijoatni koʻrish mumkin.
Aziz doʻstlar, Hozirgi vaqtda butun jamiyatimizda, jumladan, Qurolli Kuchlarimiz tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlarda “Inson qadri uchun” degan muhim tamoyil markaziy oʻringa qoʻyilayotgani sizlarga yaxshi maʼlum.
Shu asosda, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan barcha harbiylar, muhtaram faxriylarimizning Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini munosib qadrlash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, kundalik hayotidagi muammolarini hal etishga koʻmaklashish, ularning oilasi va farzandlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlarimiz yildan-yilga yangi bosqichga koʻtarilmoqda.
Hech shubhasiz, hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olayotgan bunday jadal oʻzgarishlar yurtimizda harbiy xizmatning obroʻ-eʼtibori, armiya va xalq birligi yangicha mazmunga ega boʻlib, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuygʻusi, Vatan himoyachisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Darhaqiqat, soʻngi yillarda tumanimizda joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli 9225-harbiy qism chegara qoʻriqlash vzvodlarida ham harbiy xizmatchilarning oʻz muqaddas burchini sidqidildan ado etib, har qanday xavf-xatarga munosib zarba bera oladigan qudratli, tezkor va samarali kuchga aylanishiga qaratilgan keng koʻlamli ishlar  amalga oshirilmoqda.
Xususan, harbiy xizmatchilar uchun munosiib shart-sharoitlar yaratish maqsadida tumanda joriy yilda Uchturgon chegara qoʻriqlash vzvodida xizmat binosi, yashash xonadonlari yangitdan qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Qoʻshqand chegara qoʻriqlash vzvodida ham harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga xizmat uylari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Harbiy xizmatchilarning jangovar ruhi, intellektual salohiyatini yuksaltirish, aholi, birinchi navbatda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi ishlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz.
Azizlar, manashu qutlugʻ bayram kunida yosh avlod uchun oʻz fidoyiligi bilan ibrat maktabi yaratayotgan Sizlarni, mard va jasur posbonlarimizni yana bir bor Vatan himoyachilari kuni bilan  tabriklayman. Barchangizga mustahkam sogʻlik, baxt – omad hamda sharafli kasbingizda ulkan muvaffaqiyatlar  tilayman.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар