“Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu gʻoya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar Oʻzbekiston uchun doimo ustuvor
Yurtimizda “Inson qadri va manfaatlari uchun” tamoyiliga asoslangan holda islohotlar olib bormoqda.
Jumladan, Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida bu koʻpchilikni oʻylantirgan, qiynab kelgan “propiska” tizimini tubdan oʻzgartirish boʻldi.
Jamiyat uzoq yillar davomida bu tizimga nisbatan fuqarolarning erkin harakatlanishiga toʻsiq, deya qarab kelgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Hurmatli Shavkat Mirziyoyev eski “propiska” tizimini fuqoralarning oyoqlariga urilgan kishan, deb taʼrif berdi va uni tubdan oʻzgartirish choralarini koʻrdi. Ushbu chora-tadbirlarga koʻra, roʻyxatdan oʻtishni bildirish tizimiga oʻtish koʻzda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlar shuningdek fuqarolarning mulkiy xuquqlariga ham ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Zero mamlakatning boshqa xududlarida istiqomat qilgan fuqarolar Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda boʻlmaganliklari uchun uzoq yillar davomida poytaxtdan oʻz nomlariga uy sotib olish imkoniyatidan mahrum edilar. Koʻplab fuqarolar Toshkentdagi oʻzlarining koʻchmas mulkini poytaxtda doimiy roʻyxatda turgan yaqin tanishlari nomiga roʻyxatdan oʻtkazib, soʻngra oʻzlari oʻz uylarida ijarachi kabi yashashga majbur edilar. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida, uy-joy sotib olishda propiska talabi bekor qilinganidan soʻng, halqimizning Toshkent shahrida xonadonni sotib olishi koʻpaydi.
Bundan tashqari, yana bir islohotlardan biri fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sonini kamayitirish uchun qatʼiy chora-tadbirlar qabul qilindi. Faqat oʻtgan yillarning oʻzida 50 ming nafar koʻp yurtdoshimiz Oʻzbekiston fuqarooligiga ega boʻldi.
Mamlakatda 2020-yil yakunlariga koʻra, Xalqaro mehnat tashkiloti oʻz hisobotida Oʻzbekiston tomonidan paxta sanoatida bolalar va majburiy mehnatidan foydalanish toʻxtatilganligini eʼlon qildi. Tashkilot oʻz maʼlumotlarida Oʻzbekiston paxta dalalarida asossiy mehnat xuquqlariga rioya etishda katta muvaffiqiyatlarga erishganini eʼtirof etgan. Xususan paxta kampaniyasiga talabalar, oʻqituvchilar, shifokorlar va hamshiralar muntazam ravishda jalb etish butkul toʻxtatildi.
Oʻzbekistonning asosiy paxta yetishtiriladigan xududlarida monitoring oʻtkazgan inson xuquqlari boʻyicha Oʻzbekiston forumi ilk marotoba birorta ham majburiy mehnat holatini qayd etmadi.
Xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy islohotlarga befarq boʻlmasdan, barchamiz oʻzimizning ijobiy hissamizni qoʻshmogʻimiz lozim.
Baxtiyor Mamadaminov,
Jinoyat ishlari boʻyicha
Yangiobod tuman sudining raisi