Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyati

Qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyati

17 февраль 2024 йил
231
0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”, “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish xaqida”, 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”, 2024-yil 12-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining “Konstitutsiyaviy sud toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish xaqida”, 16-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish xaqida” hamda 17-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar mazmun-mohiyati.

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati oʻzgardi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar boʻyicha tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.
Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish xuquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi.

Fuqarolar oʻz xuquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan maʼmuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlamaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, jismoniy shaxslar oʻz xuquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyati organlarining, maʼmuriy-xuquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdorda mutanosib ravishda undiriladi.
Bunday holatlarda fuqarolardan berilgan arizalar boʻyicha undiriladigan davlat boji BHMning 70 foizi etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va boshqa qonunlarga Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq xoʻjaligi Vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining, Oʻzbekiston Respublikasining Suv xoʻjaligi Vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanish nazorat qilish inspeksiyasining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining nomlanishi va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Ushbu Qonun agrar va mudofaa sanoati sohalardagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirishga xizmat qiladi.

Baxtiyor Mamadaminov,

Jinoyat ishlari boʻyicha
Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар