Yangiobod tumani hokimi aholi tomorqalarini ko'zdan kechirdi
Yangiobod tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va bu borada xonadon egalarining ko'nikmalarini oshirish yuzasidan targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Bugun tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot QFYda aholi tomorqalarini ko'zdan kechirib, ularning yerlardan qay yo'sinda foydalanayotganliklari bilan tanishdi.
Tuman rahbari aholi tomorqalarini ko'zdan kechirar ekan, xonadon egalari bilan suhbatlashib har qarich yerdan unumli foydalanish zarurligi xususida ko'rsatma va tavsiyalar berdi. Shuningdek, tomorqa nafaqat daromad manbayi, balki, oila a'zolarining bandligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Муҳокамага қўшилинг