Tuman hokimi Yangiobod SHFYda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish holati bilan tanishdi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari xususida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanning 1-sektoriga qarashli Yangiobod SHFYda aholi tomorqalarini borib ko'rdi.
Tuman rahbari xonadon egalari bilan suhbatlashib, ularning yerdan samarali foydalanish holati bilan tanishdi va bu nafaqat qoʻshimcha daromad manbai, balki, oila aʼzolarining bandligini hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Shuningdek, oilalar daromadlarini oshirish maqsadida kichik kichik oilaviy tadbirkorliklarni yo'lga qo'yish, parrandachilikni rivojlantirish hamda aholini mahsulot ishlab chiqarish ko'nikmalarini oshirish bo'yicha "Yettilik" a'zolariga ko'rsatmalar berildi.