Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45

BOLA HUQUQLARI – DAVLAT HIMOYASIDA

02 апрель 2024 йил
197
0

Mamlakat kelajagining asosiy poydevorlaridan biri – bu bolalar, yoshlar hisoblanishadi. Bolalarga berilgan ta’lim tarbiya qay darajada sifatli bo’lsa, kelajakda shu sifatli ta’lim-tarbiya ortidan erishilgan yutuqlar mamlakat rivoji uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Avvalo xalqaro huquq tajribasida qo‘llanilayotgan va yurtimizda keng islohatlar olib borilayotgan bola huquqlarining himoya qilinishiga ahamiyat berishimiz lozim.

Xususan bu borada yurtimizda yaqinda qabul qilingan qonun bunga yaqqol misol. O’zbekiston Respublikasining 2024 yil 29 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo’yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g’risida”gi O‘RQ-917-sonli Qonunini e’tirof etsak mubolag’a bo‘lmaydi.

Mazkur qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) mansabdor shaxs bo‘lib u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari to‘g’risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyati bilan bola huquqlarini himoya qilishning mavjud shakllarini va vositalarini to‘ldiradi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasining bola huquqlari to‘g’risidagi qonunchiligini takomillashtirishga va uni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi, fuqarolarning bola huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga yordamlashadi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda hamda davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga hisobdorligi belgilangan.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiradi.

Saylanish kuni yigirma besh yoshga to‘lgan, kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga saylanishi mumkin.

Shomurod Begmatov,

Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар