Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Tuman hokimi boshchiligidagi faollar Sayxunobod tumanining "Ittifoq" mahallasida bo'lishdi

Tuman hokimi boshchiligidagi faollar Sayxunobod tumanining "Ittifoq" mahallasida bo'lishdi

14 апрель 2024 йил
173
0

Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev boshchiligidagi bir guruh faollar aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yuzasidan tajriba almashish maqsadida Sayxunobod tumanida bo'lishdi

"Sayxunobod tajribasi"ni o'rganish borasidagi tashrifda dastlabgi manzil Sayxunobod tumanining "Ittifoq" mahallasi bo'ldi.

Tashrif chog'ida ushbu mahalladagi aholi tomorqalarida har xil turdagi poliz ekinlarini ekish, kichik kichik issiqxonalar tashkil etish, shu bilan birga, parrandachilik va asalarichilikni yo'lga qo'yish kabi ishlar bilan tanishib, xonadonlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo'lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish borasida yangi tajribalar o'zlashtirildi.

Shuningdek, tomorqachilikni rivojlantirish yuzasidan "Sayxunobod tajribasi"ni tumandagi barcha mahallalarda tadbiq etish maqsadida dehqonlar va tomorqa egalari bilan muloqotlar olib borilib, muhim ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар