Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori

22 апрель 2024 йил
122
0

“Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida

Xalq DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI QARORI

Joriy yilning 1-fevralidan 22-fevral kuniga qadar openbudget.uz veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 110 ta tashabbuslar bildirilgan. 22-fevraldan 16-martga qadar ushbu tashabbuslarning barchasi moderatsiyadan o‘tkazilib natijada 86 ta tashabbuslar ovoz berish uchun qabul qilingan. 14 ta tashabbuslar turli xil sabablarga ko‘ra rad etilgan. 

16-martdan 4-aprelga qadar 86 ta tashabbuslar ovoz berish jarayonida ishtirok etgan hamda mavsum yakunida 6 ta loyihalar eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan. 

Tashabbusli byudjet jarayonining 2024-yil 1-mavsumi uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da 9 060 430 ming so‘m mablag‘ shakllangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

  1. 1.Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari I.Normatovning “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Tashabbusli byudjet jarayoning 2024-yil 1-mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan 6 ta tashabbuslar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
    Tuman tibbiyot birlashmasi va 2-maktabga xarid qilinishi lozim bo‘lgan jihozlar
    ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i (A.Kenjayev), tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i (E.Muxtorov) ushbu qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan jihozlar sonidan kelib chiqib davlat xaridlarini amalga oshirsin.
  4. Jizzax viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK, Yangiobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusli byudjet jarayoning 2024-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilot etib belgilansin.
  5. Viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK (D.Qoplonov), tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (E.Muxtorov), tuman Tibbiyot birlashmasi (A.Kenjayev) Iqtisodiyot va moliya vazirligining DMBAT dasturida (4017) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochish choralarini ko‘rsin.                                                            Belgilab qo‘yilsinki g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni to‘liq moliyalashtirilib bo‘lingandan so‘ng (kassa xarajatidan) ortgan mablag‘ Yangiobod tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘liq qaytariladi.
  6. Tuman hokimligi bosh hisobchisi (A.Nurmatov)ga g‘olib deb topilgan tashabbuslarga “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan 1-ilovada keltirilgan miqdorda mablag‘ ajratish vazifasi yuklatilsin.
  7. Tuman Gʻaznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i (B.Ismoilov) ushbu mablag‘ni tegishli tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin.
  8. “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda faqat jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi va ushbu mablag‘larning boshqa maqsadlarga sarflanishi taqiqlanadi.
  9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Abdug‘aniyev zimmasiga yuklatilsin.

2024-yil 22-aprel, 

VI-68-43-3-54-K/24-son

Tuman Kengash raisi,

tuman hokimi I.Qarshiboyev


Qarorning tasdiqlangan nusxasi bu yerda:

karor-2.pdf [901,32 Kb] (юклаб олинди: 10)

Онлайн: karor-2.pdf

 


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар