Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Madaniyat bo‘limida “Ma’naviyat va kitob – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning bosh omili” mavzusida maʼrifat soati oʻtkazildi

Madaniyat bo‘limida “Ma’naviyat va kitob – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning bosh omili” mavzusida maʼrifat soati oʻtkazildi

26 апрель 2024 йил
84
0

Yangiobod tuman Madaniyat bo‘limida “Ma’naviyat va kitob – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning bosh omili” mavzusida maʼrifat soati oʻtkazildi.

Maʼrifat soatida tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari S.Abdurahmonova ishtirok etib, Kitob - insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbai ekanini ta'kidladi.

"Kitob - insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib etuklik sari ildamlayveradi" - deya aytib o'tdi ma'ruzachi.
Shuningdek, tadbirda Bekzod Abdirimovning “Sulton Jaloliddin Xorazmshoh Pokistonda” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар