Havotog' QFYda ehtiyojmand oilalarga 20 bosh qo'y tarqatildi
E'tiborga muxtoj kishilar holidan xabar olish, boshiga tushgan sinovli va qiyinchilik damlarida ularning og'irini yengil qilish va beg'araz yordam qo'lini cho'zish - xalqimizga xos oliyjanob qadriyatlardan biridir.
Bugun Ramazon hayiti arafasida anashunday ehtiyojmand oilalarga beg'araz yordam berish va ularning ko'nglini ko'tarish maqsadida Biznesni rivojlantirish banki Respublika boshqaruvi raisi Annaklichev Saxi Saparmuxamedovich Yangiobod tumanida bo'ldi.
Tashrif davomida bank boshgqaruvi raisi tomonidan 20 bosh qo'y olib kelinib, bank xodimlari va mahalla mas'ullari ishtirokida tumanning Havotog' QFYda yashovchi ko'makka muxtoj oilalarga tarqatildi.
Albatta, xonadon egalari oʻz oilalariga koʻrsatilayotgan bu kabi gʻamxoʻrlikdan koʻngillari shod boʻlib, qoʻllarini duoga ochdilar va yurtimizga tinchlik, elimizga farovonlik tiladilar.