Yangiobod tumani hokimi Saydon ko'chasida o'rganishlar o'tkazdi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev "Yettilik" a'zolari bilan birgalikda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan mahallalarda o'rganishlar o'tkazmoqda.
Xususan, tuman rahbari boshchiligida 1-sektorga qarashli Yangiobod SHFYda istiqomad qiluvchi turli ko'rinishdagi ijtimoiy yordamlar olib kelayotgan xonadonlarga borilib, ularning turmush sharoitlari o'rganildi.
O'rganishlar davomida ayrim oilalarning muammolari yuzasidan amaliy yordam beriladigan bo'ldi. Turmush sharoiti yaxshi hamda mehnat qilishga layoqati bor ayrim oilalarga esa qo'shimcha daromad keltiradigan ishlarga band qilish borasida tavsiya va tushuntirishlar berildi.