"Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz!" shiori ostida tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli qarori ijrosi yuzasidan Yangiobod Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi tomonidan "Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Ibrat” rukni ostida nashr etilib boriladigan dastlabki kitoblardan biriga qahramon sifatida 26 yil davomida sudga raislik qilib, sharafli hayot yo‘lini bosib o‘tib, el-yurtning mehru-muhabbatini qozonib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan INSON, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist" fahriy unvoni sohibasi Umsun Astanovaning hayoti va faoliyati aks etgan "Matonatli ayol qissasi" kitobining taqdimoti o‘rkazildi.