"Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" tadbiri bo'lib o'tdi
Yangiobod tumani, Do'stlik MFY Chakand qishlog'ida "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir doirasida “Eng yaxshi qaynona”, “Eng namunali kelin”, “Eng ibratli oila”, “Eng namunali kitobxon oila”, “Eng namunali kitobxon ona" nominatsiyalari bo‘yicha tanlov tashkil etilib, munosiblar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tuman bo‘linmasining "Faxriy yorlig‘i" hamda kitoblar jamlanmalari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, tadbir davomida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist" fahriy unvoni sohibasi Umsun Astanovaning hayoti va faoliyati aks etgan "Matonatli ayol qissasi" kitobining taqdimoti hamda kitobxonlikni targ'ib etishga qaratilgan viktorina ham o'tkazildi.
Tadbir so'ngida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashildi.