Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Do'stlik mahallasida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar tadbiri o'tkazildi

Do'stlik mahallasida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar tadbiri o'tkazildi

09 январь 2024 йил
56
0

Yangiobod tumanidagi barcha mahallalarda "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar tadbiri davom etmoqda.

Bugun Do'stlik MFY, Pastkichaqir qishlog'ida tashkil etilgan tadbirda targ'ibot guruhi tomonidan Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar to'g'risida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat Kengashi yigʻilishida ilgari surilgan fikrlar va ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Tadbir davomida aholiga xushkayfiyat ulashish maqsadida tuman madaniyat bo'limi san'atkorlari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар