Sovot qishlogʻida 9-may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
Oʻtganlarni yod etish, yurt osoyishtaligi yoʻlida jon bergan qahramonlarni xotirlash, bugungi tinch va osuda kunlarga yetmoq uchun tinmay mehnat qilgan, qoʻllari doim duoda boʻlgan, nabiralari davrasida keksalik gashtini surayotgan otaxonu onaxonlarni eʼzozlash - xalqimizga xos qadriyatga aylangan.
Bugun Yangiobod tumani Sovot qishlogʻida shu zaminda tugʻilib oʻsgan Sovet ittifiqi qahramoni Joʻraxon Usmonov xotirasiga bagʻishlab bayram tadbiri tashkil etildi.
"Jasorat - millat g'ururi va iftixori" shiori ostida o'tgan bayram tadbirida mehnat faxriylari, nuroniy otaxonu-onaxonlar va keng aholi ishtirok etishdi.
Tadbirda oʻtganlar xotirasi, xususan, Sovet Ittifoqi qahramoni Joʻraxon Usmonov yodga olindi.
Bayram tadbiri doirasida taniqli sanʼatkorlar hamda tuman madaniyat bo'limi ijodkorlari tomonidan konsert dasturi, yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari hamda oʻzbek xalq oʻyini boʻlgan koʻpkari musobaqalari boʻlib oʻtadi.