Murojaatlar yechim topmoqda
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, Davlat organlari ishonch telefonlari hamda sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda
Xususan, Majburiy ijro byurosi Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi murojaatlariga yechim topishga alohida nazoratga olingan.
joriy yilning oʻtgan davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 31 ta murojaat kelib tushib, shundan 31 tasi koʻrib chiqilgan, xususan, 26 ta murojaat qanoatlantirilgan, 5 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.
Murojaatlarni koʻrib chiqish mobaynida 26 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
M.I.Mirzayev,
Boʻlim davlat ijrochisi