Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Yangiobod tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rganish olib borildi

14 июнь 2024 йил
146
0

O'rganishlar davomida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlar, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tahlili, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, sektor va mahallalardagi tashkiliy va amaliy tadbirlar, aholi bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligi atroflicha ko'rib chiqildi.

Xususan, ishchi guruh tumanning Yangiobod SHFY hamda Balandchaqir MFYlarda bo'lib, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan "Mahalla yettiligi" tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasidagi ishlarni ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, tumanda tadbirkorlik muhiti, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasi hamda aholi bandligi borasida amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Do'stlik MFY hududidagi "Zomin asl ipak tolasi" MCHJ hamda yangi tashkil etilgan "Hayr Havotog" sanatoriysi faoliyati bilan atroflicha tanishildi.

Tuman mutasaddilari hamda mahallalardagi "Yettilik" a'zolari bilan aholini qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar yuzasidan fikr almashilib, zarur tavsiyalar berildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар