Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqning amaliy ijrosi

Yangiobodda murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqning amaliy ijrosi

26 июль 2024 йил
93
0

O‘zbekiston Respublikasida har bir shaxsning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy norma asosida shakllandi. Konstitutsiyada shaxslarning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish turlari mustahkamlab qo‘yildi. O‘z navbatida, har bir shaxs ushbu konstitutsiyaviy huquqini bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda amalga oshirishlari mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko`rib chiqilishi shart. Mustaqillik yillarida Konstitutsiyada mustahkamlangan shaxslarning murojaat qilish huquqi “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi kabi qonunlar orqali amalga oshirildi.   

Xususan, 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida fuqarolarning murojaat qilish huquqini amalga oshirishlarining tartibi keng yoritib berilgan. Shuningdek, aholining davlat organlari munosabatga kirishlarining huquqiy tartibi ushbu qonun bilan tartibga solingan bo‘lib, ko‘zda tutilgan qoidalar barcha davlat organlari, davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun birdek amal qiladi. Ushbu Qonun davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, bugungi kunda shaxslarning murojaatlari qonuniylik, o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish, murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘yilmasligi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari faoliyatining shaffofligi tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Yangiobod tuman Iqtisodiyot va moliya bo`limi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida bir qator samarali tadbrlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Yangiobod tuman Iqtisodiyot va moliya bo`limida tashkil etilgan “Ishonch telefoni” 72-542-12-58 raqami orqali dushanba-juma kunlari (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va soat 14.00 dan soat 18.00 gacha faoliyati yo`lga qo`yildi. 2024-yilning birinchi 6 oyligida Yangibod tuman Iqtisodiyot va moliya bo`limga kelib tushgan murojaatlarni taxlil qiladigan bo`lsak, asosan “Bolalar nafaqasini tayinlash” va “Uy-joy olish subsidiya ajratish” masalasida murojaatlar kelib tushayotganligini ko`rishimiz mumkin.  Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida my.gov.uz sayti orqali ro`yxatdan o`tib, ariza berish imkoniyatlari mavjudligi, ortiqcha qog`ozbozlik  va ovoragarchiliklarni oldini olish imkoniyati yaratilgan. Yuqoridagi murojaat turlari bo`yicha murojaatlarni oldini olish maqsadida shuni ta`kidlash joizki, fuqarolar tomonidan my.gov.uz sayti orqali berilgan arizalarda inson omilisiz hulosa qilinishini ma`lum qilamiz.

Usmonov O`ktam,

Yangiobod tuman Iqtisodiyot va moliya

bo`limi bosh mutaxassisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Yetkazilgan zararni qoplash
26 июнь 2024, Среда
Yetkazilgan zararni qoplash
Murojaatlar yechim topmoqda
24 май 2024, Пятница
Murojaatlar yechim topmoqda
Fuqarolar murojaatlari doimiy e'tiborda
26 март 2024, Вторник
Fuqarolar murojaatlari doimiy e'tiborda
Nikoh muqaddas rishta
13 декабрь 2023, Среда
Nikoh muqaddas rishta
Barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar diqqatiga
06 апрель 2022, Среда
Barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar diqqatiga
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар