MIB Yangiobodda 26 ta garov mulki boʻlgan aktivlar auksion savdosiga chiqardi
Bank kreditlari koʻpchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidir tartibda undirish toʻgʻrisida ijro varaqasi chiqariladi. Koʻp xollarda qarzdor kredit boʻyicha majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar.
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish boʻyicha ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning boshidan 560 dan ortiq ijro hujjati boʻyicha 16,1 mlrd. soʻm qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.
Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq ijro hujjatlari boʻyicha jami 36 ta 12,6 mlrd. soʻmlik mol-mulklar xatlanib, 26 ta 5,3 mlrd. soʻmlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.
M.I.Mirzayev,
Byuroning Yangiobod tuman boʻlim davlat ijrochisi