Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritildi

25 сентябрь 2024 йил
18
0

Keyingi yillarda «Yangi О‘zbekiston — yangi sud» prinsipi doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirildi.

Xususan, mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash bо‘yicha izchil ishlar olib borildi. Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.

Shuningdek bugungi kunda sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish institutini takomillashtirish orqali protsessual kodekslarga fuqarolar uchun kulay hamda soddalashtirilgan tartibni yaratishga qaratilgan tegishli о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritildi.

Bundan tashqari yangi tahrirdagi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida sud hokimiyatining mustaqil holda ish yuritishiga va sudyalar muayyan ishlar bо‘yicha hisobdor bо‘lmasligiga oid konstitusiyaviy kafolatlar belgilab qо‘yilganligi sudlar faoliyati samaradorligini oshirish yо‘lidagi yana bir muhim qadam bо‘ldi.

Mazkur konstitusiyaviy kafolatlarni hayotga tо‘laqonli tatbiq etish, sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida sudlar raislarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etishi haqidagi qoidani bekor qilish, shuningdek sud qarorlarini qayta kо‘rish instituti takomillashtirilganligi munosabati bilan yagona sud amaliyotini ta’minlash, qonunchilikdagi ayrim bо‘shliqlarni va ziddiyatlarni bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Ushbu Qonun bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlar raislarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etishi haqidagi qoidani bekor qilishni, о‘z navbatida sudlarning о‘z faoliyati tо‘g‘risida jamoatchilikni har chorakda ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borishini, shuningdek sud qarorlarini qayta kо‘rish instituti takomillashtirilganligi munosabati bilan yagona sud amaliyotini ta’minlashni nazarda tutuvchi о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 28 iyulda qabul qilingan «Sudlar tо‘g‘risida»gi О‘RQ-703-sonli Qonuniga kо‘ra, quyidagi о‘zgartirishlar va qо‘shimcha kiritildi:

1) 18-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«о‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida, shuningdek yangi ochilgan holatlar bо‘yicha kо‘rib chiqadi»;

2) 28-moddaning birinchi qismi kuyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan tо‘ldirilsin:

«ishlarni taftish tartibida kо‘radi»;

3) 29-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

«ishlarni birinchi instansiyada, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida kо‘radi»;

4) 30-modda birinchi qismining:

uchinchi xatboshisidagi «ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran kо‘rish» degan sо‘zlar «ishni taftish tartibida kо‘rish» degan sо‘zlar bilan almashtirilsin;

tо‘rtinchi xatboshisidagi «ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran kо‘rish» degan sо‘zlar «ishni taftish tartibida kо‘rish» degan sо‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 31-modda birinchi qismining:

ikkinchi xatboshisidagi «ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran kо‘rish» degan sо‘zlar «ishni taftish tartibida kо‘rish» degan sо‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

tо‘rtinchi — о‘n birinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — о‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda tо‘xtatib turadi»;

6) 33-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«о‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida kо‘radi»;

7) 36-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida kо‘radi»;

8) 37-modda birinchi qismining:

о‘n birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

о‘n ikkinchi va о‘n uchinchi xatboshilari tegishincha о‘n birinchi va о‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;

о‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati tо‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi»;

9) 41-modda birinchi qismining:

tо‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha tо‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

tо‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati tо‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi»;

10) 48-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«о‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida kо‘radi»;

11) 51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida kо‘radi»;

12) 52-modda birinchi qismining:

о‘n birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

о‘n ikkinchi va о‘n uchinchi xatboshilari tegishincha о‘n birinchi va о‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;

о‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati tо‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi»;

13) 56-modda birinchi qismining:

tо‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha tо‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

tо‘rtinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

«sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati tо‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi»;

14) 64-moddaning sakkizinchi qismidagi «о‘ta og‘ir» degan sо‘zlar «og‘ir yoki о‘ta og‘ir» degan sо‘zlar bilan almashtirilsin;

15) 1-ilova:

9-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«о‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida kо‘rib chiqadi»;

12-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida kо‘rib chiqadi».

Ushbu Qonun sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlashga, jamiyatning sudlar faoliyati tо‘g‘risida muntazam axborot olishi uchun mustahkam huquqiy asoslarni yaratishga, sudyalar zimmasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bо‘lmagan biror-bir majburiyat yuklatilishining oldini olishga hamda ular faoliyatining shaffofligini ta’minlashga, shuningdek qonunchilikdagi ayrim bо‘shliqlar va ziddiyatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari ushbu Qonun bilan О‘zbekiston Respublikasining               1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura tо‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuniga, О‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati tо‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuniga, О‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-1-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga, О‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 iyulda qabul qilingan О‘RQ-483-sonli Qonuniga, О‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar о‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi tо‘g‘risida”gi О‘RQ-263-sonli Qonuniga, О‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan “Davlat boji tо‘g‘risida” gi О‘RQ-600-sonli Qonuniga ham о‘zgartirishlar kiritildi.

Baxtiyor Mamadaminov,

Jinoyat ishlari bо‘yicha

Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyati
17 февраль 2024, Суббота
Qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyati
Islohotlar yo‘lida
25 декабрь 2023, Понедельник
Islohotlar yo‘lida
Nikoh muqaddas rishta
13 декабрь 2023, Среда
Nikoh muqaddas rishta
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар