Uy-joyli bо‘lish har bir fuqaroning konstitusiyaviy huquqi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha’ni, uning qadr-qimmati, huquqlari va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishini qat’iy qoidaga aylantirish, bir sо‘z bilan aytganda “Inson qadri uchun” g‘oyasi hamda bugungi islohtlarning bosh tamoyili bо‘lgan “inson-jamiyat-davlat” degan yondashuvlar asosida amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 30 aprel sanasida о‘tkazilgan umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi tahirdagi Bosh qomusimizda ham insonning sha’ni, uning qadr-qimmati oliy qadriyat, uning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash esa ustuvor vazifa ekanligi yaqqol о‘z aksini topdi.
Kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, umuman olganda davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyalari bilan bog‘liq normalar bir necha barobar kо‘paydi. Xususan Kosntitusiyada har kimning uy-joyli bо‘lish huquqi beldilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan yosh oilalarning о‘z boshpanasiga ega bо‘lishi ta’minlab, har kimning munosib turmush kechirishi, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi. Konstitusiyaning 47-moddasiga muvofiq har kim uy-joyli bо‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u kо‘rgan zararlarning о‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bо‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi. Asosiy qonunimizdagi ushbu modda insonlarni qiynab kelgan kо‘plab muammolarning yechimi, uy-joy va mulk huquqi daxlsizligining asosiy kafolati bо‘lib xizmat qiladi.
B.Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi