Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » MIB: Yangiobodda kreditini toʻlamaganlarning mulki xatlandi

MIB: Yangiobodda kreditini toʻlamaganlarning mulki xatlandi

14 октябрь 2024 йил
244
0

Bank kreditlari koʻpchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidir tartibda undirish toʻgʻrisida ijro varaqasi chiqariladi. Koʻp xollarda qarzdor kredit boʻyicha majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar.
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish boʻyicha ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning boshidan 886 dan ortiq ijro hujjati boʻyicha 15,4 mlrd. soʻm qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.
Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq ijro hujjatlari boʻyicha jami 47 ta 18,2 mlrd. soʻmlik mol-mulklar xatlanib, 33 ta 10,7 mlrd. soʻmlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар